Yilning dastlabki yetti oyida Oʼzbekistonga 7,7 milliondan ortiq xorijiy sayyoh tashrif buyurdi
Birgina iyul oyida mamlakatimizga 1,18 millionga yaqin xorijiy sayyoh keldi
2026-yilning yanvar–iyul oylarida Oʼzbekistonga sayyohlik maqsadlarida 7 million 749 ming 308 nafar xorij fuqarosi tashrif buyurdi.
Sayyohlar oqimi oʼtgan yilning shu davriga nisbatan 1,4 million kishiga yoki 22,6 foizga oshdi.
Milliy statistika qoʼmitasi maʼlumotlariga koʼra, eng koʼp sayyohlar qoʼshni davlatlardan kelgan. Xususan, Qirgʼizistondan — 2 million 177 ming 108 kishi, Qozogʼistondan — 1 million 855 ming 562, Tojikistondan — 1 million 728 ming 978 nafar fuqaro tashrif buyurgan.
Keyingi oʼrinlardan Rossiya — 710 ming 824 kishi, Аfgʼoniston — 281 ming 200, Xitoy — 269 ming 735, Turkmaniston — 192 ming 830, Turkiya — 111 ming 908, Hindiston — 32 ming 462 va Janubiy Koreya — 26 ming 512 nafar fuqaro bilan joy olgan.
Birgina iyulь oyida mamlakatimizga 1,18 millionga yaqin xorijiy sayyoh tashrif buyurdi. Shu bilan birga, sayyohlar oqimining oʼsishi yil davomida barqaror saqlanib qolmoqda.
Eslatib oʼtamiz, 2026-yilning birinchi yarim yilligida Oʼzbekistonga 6,5 milliondan ortiq xorij fuqarosi tashrif buyurgan edi, bu oʼtgan yilning shu davridagi koʼrsatkichdan qariyb 25 foizga koʼpdir.
Saqlanib qolayotgan ijobiy dinamika Oʼzbekistonga sayyohlar oqimi yanada kengayayotganidan hamda mamlakatning mintaqadagi eng xaridorgir turistik yoʼnalishlardan biri sifatidagi mavqei mustahkamlanayotganidan dalolat beradi.
“Dunyo” АА,
Toshkent sh.
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.