Pokistonda «Uzbekistan Region of Opportunity» nomli katalog nashr etildi
Mamlakatimizning Pokistondagi elchixonasi tashabbusi bilan Oʼzbekiston hududlarining savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyatiga bagʼishlangan «Uzbekistan Region of Opportunity» nomli katalog ingliz tilida chop etildi.
amlakatimizning Pokistondagi elchixonasi tashabbusi bilan Oʼzbekiston hududlarining savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyatiga bagʼishlangan «Uzbekistan Region of Opportunity» nomli katalog ingliz tilida chop etildi.
Katalogning bosh sahifalarida Oʼzbekiston elchisi Аlisher Toʼxtaevning Pokiston ishbilarmon doiralariga murojaati eʼlon qilingan.
Keyingi sahifalardan respublikamizning 10 ta tuman va shahri, xususan, Nukus, Jizzax, Kattaqoʼrgʼon va Xonabod shaharlari, Gurlan, Olot, Mirishkor, Yakkasaroy, Dangʼara va Izboskan tumanlari, shuningdek, Navoiy viloyatining savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy imkoniyatlariga doir muhim maʼlumotlar oʼrin olgan.
Mazkur qoʼllanma mamlakatimiz hududlarining iqtisodiy, investitsiyaviy, eksport va turistik salohiyatini Pokiston ishbilarmon doiralari orasida keng targʼib qilish, shuningdek, hududlardagi texnikumlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga koʼmaklashish maqsadida chop etildi.
Nashrdan Oʼzbekistonning bugungi iqtisodiy rivojlanish surʼatlari, investitsiya muhiti, xorijiy investorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, Oʼzbekiston va Pokiston oʼrtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikning joriy holati toʼgʼrisidagi maʼlumotlar ham oʼrin olgan.
Shuningdek, har bir hudud uchun alohida boʼlim shakllantirilib, ularda hududlarning asosiy iqtisodiy ustunliklari, ishlab chiqarish imkoniyatlari, eksport salohiyati, taklif etilayotgan investitsiya loyihalari va Pokiston kompaniyalari bilan hamkorlik qilish mumkin boʼlgan aniq yoʼnalishlar yoritildi.
Bundan tashqari, toʼplam hududlarning zamonaviy qiyofasi, ishlab chiqarish obʼektlari, turistik maskanlari va investitsiya imkoniyatlarini aks ettiruvchi sifatli surtlar bilan boyitilgan.
Qoʼllanma 166 betdan iborat boʼlib, 300 nusxada chop etildi. Nashr Pokistondagi yirik savdo-sanoat palatalari, ishbilarmon doiralar va nufuzli biznes uyushmalari oʼrtasida tarqatilishi rejalashtirilgan.
O'xshash yangiliklar
Pokiston kompaniyasi bilan Yangi Toshkent hududida zamonaviy turar joy majmualarini barpo etish masalalari muhokama qilindi
Oʼzbekiston elchisi Аlisher Toʼxtaev Pokistonning «Izhar Group» kompaniyasi rahbari Umar Izhar bilan muzokara oʼtkazdi.
Pokistonning Sind provintsiyasida Oʼzbekiston faxriy konsuli tayinlandi
Pokistonlik yirik tadbirkor va jamoat faoli Xalid Mahmud Oʼzbekistonning Pokistonning Sind provintsiyasi boʼyicha faxriy konsuli etib tayinlandi
Oʼzbekistonning boy sayyohlik salohiyati Islomobodda namoyish etildi
Shu yilning 24-25-oktyabr kunlari Pokiston poytaxti Islomobod shahrida «International Silk Route Festival – 2026» xalqaro festivali boʼlib oʼtdi.