Oʼzbekistonda yuqori sifatli foto-video materiallar jamlangan media bank – Aura.uz platformasi ishga tushirildi
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi tomonidan mamlakatimizda ilk bor Oʼzbekistonning boy madaniy merosi, betakror tabiati, zamonaviy shaharlari va turmush tarzini aks ettiruvchi foto hamda video materiallarni bir joyga jamlagan innovatsion media bank – Aura.uz platformasi ishga tushirildi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi tomonidan mamlakatimizda ilk bor Oʼzbekistonning boy madaniy merosi, betakror tabiati, zamonaviy shaharlari va turmush tarzini aks ettiruvchi foto hamda video materiallarni bir joyga jamlagan innovatsion media bank – Aura.uz platformasi ishga tushirildi.
Mazkur platformaning asosiy maqsadi – Oʼzbekistonning ijobiy imijini mahalliy va xalqaro auditoriyaga yuqori sifatli vizual kontent orqali keng targʼib etishdan iborat.
Bugungi kunda Aura.uz serverlarida qariyb 6 terabayt hajmdagi maʼlumotlar bazasi shakllantirilgan boʼlib, unda 12 mingdan ortiq foto, video va infografik materiallar jamlangan. Platforma har kuni oʼrtacha 200 ga yaqin yangi kontent bilan muntazam boyitib borilmoqda.
Kontentlarni yigʼish va joylashtirish uchun maxsus servis yoʼlga qoʼyilgan. Shuningdek, arxivni shakllantirishda Oʼzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (MTRK), vazirlik va idoralar axborot xizmatlari hamda milliy axborot agentligi – UzA materiallaridan keng foydalanilgan.
Ushbu loyiha Oʼzbekiston media makonidagi dolzarb muammoni hal etishga qaratilgan boʼlib, sifatli vizual kontent yetishmovchiligini bartaraf etadi. Natijada, mamlakatimiz haqidagi professional foto va video materiallar sonini global miqyosda keskin (1000 barobarga) oshirish imkoniyati yaratiladi.
Hozirgi kunda koʼplab mahalliy va xorijiy video ijodkorlar, blogerlar hamda media mutaxassislar sifatli vizual materiallarni izlash jarayonida eskirgan, past sifatli yoki turli yozuv, subtitr va logotiplar bilan cheklangan kontentlarga duch kelmoqda. Аyniqsa, hududlar kesimida yoki dron orqali olingan zamonaviy tasvirlarni topish murakkab masala boʼlib qolmoqda.
Platformada:
— faqat yuqori sifatli (HD, Full HD, 4K va undan yuqori) kontent joylanadi;
— barcha materiallar yozuv, logotip va subtitrlarsiz taqdim etiladi;
— videolar gorizontal (16:9) va vertikal (9:16) formatlarda mavjud;
— kontentlar fasllar, vaqt (kun/tun), hududlar va sohalar kesimida qulay qidiruv tizimi orqali oson topiladi;
— eng muhimi, barcha fayllar mualliflik huquqidan holi boʼlib, ulardan erkin foydalanish mumkin.
Platforma kontentlari sanʼat, urbanizatsiya, sport, tarixiy obidalar, tabiat va milliy anʼanalar yoʼnalishlarida tizimlashtirilgan.
Davlat ahamiyatiga ega materiallar ham alohida jamlangan. Jumladan, Prezident Shavkat Mirziyoev tashriflariga oid videolar hamda “Yangi Oʼzbekiston” kontentlari maxsus boʼlimlarda taqdim etilgan.
Platforma ochiq boʼlib, mualliflar oʼz materiallarini joylashtirishi mumkin. Kelgusida monetizatsiya tizimi joriy etiladi.
Aura.uz – Oʼzbekistonning zamonaviy vizual qiyofasini namoyon etuvchi innovatsion media platforma.
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.