Oʻzbekiston delegatsiyasi Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo siyosiy va xavfsizlik muloqotida ishtirok etdi
15–16-iyul kunlari Bryussel shahrida Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Muzaffar Madrahimov boshchiligidagi delegatsiya Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasidagi Siyosat va xavfsizlik masalalari boʻyicha yuqori darajadagi muloqotning 13-yigʻilishida ishtirok etdi.
15–16-iyul kunlari Bryussel shahrida Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Muzaffar Madrahimov boshchiligidagi delegatsiya Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasidagi Siyosat va xavfsizlik masalalari boʻyicha yuqori darajadagi muloqotning 13-yigʻilishida ishtirok etdi.
Muloqot davomida Samarqandda boʻlib oʻtgan birinchi “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” sammiti yakunlari hamda ikki mintaqa oʻrtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlash, siyosiy muloqotni izchil davom ettirish va amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Safar doirasida Oʻzbekiston delegatsiyasi Yevrokengash Prezidentining tashqi siyosat boʻyicha bosh maslahatchisi Anton Bura, Yevropa tashqi harakatlar xizmati Bosh kotibi oʻrinbosari Olof Skug hamda Belgiya Tashqi ishlar vazirligining siyosat, xavfsizlik va mudofaa masalalari boʻyicha bosh direktori Veronik Petit bilan alohida uchrashuvlar oʻtkazdi.
Uchrashuvlarda Oʻzbekiston bilan Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish, “Global darvoza” tashabbusi doirasidagi loyihalar, shuningdek transport, investitsiya va savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Yevropa tomoni Oʻzbekistonning Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash va integratsiya jarayonlarini ilgari surishdagi faol rolini yuqori baholadi hamda erishilgan kelishuvlarni amaliy roʻyobga chiqarishdan manfaatdor ekanini tasdiqladi.
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.