O‘zbekiston Belarus iqtisodiy hamkorlik oziq-ovqat sohasidagi istiqbolli loyihalar
O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, o‘zaro savdo hajmini oshirish, eksport salohiyatini kengaytirish hamda investitsiyaviy aloqalarni mustahkamlash ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, o‘zaro savdo hajmini oshirish, eksport salohiyatini kengaytirish hamda investitsiyaviy aloqalarni mustahkamlash ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan izchil ishlar yangi eksport bozorlarini o‘zlashtirish, logistika zanjirlarini takomillashtirish hamda ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirishga xizmat qilmoqda.
Shu maqsadda joriy yilning 1–6-iyun kunlari Belarus Respublikasi poytaxti Minsk shahrida agrar sanoat sohasidagi eng yirik xalqaro tadbirlardan biri – "Belagro–2026" xalqaro ko‘rgazma-yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi ishtirok etib, savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, eksportni kengaytirish, investitsiyaviy aloqalarni mustahkamlash hamda qishloq xo‘jaligi sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari yuzasidan qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazildi.
Ko‘rgazma doirasida "UZAGROSTAR XOLDING" kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan O‘zbekiston milliy ekspozitsiyasida mamlakatimizda yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari namoyish etildi. Ekspozitsiyaga O‘zbekiston Respublikasining Belarus Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Rahmatulla Nazarov, Belarus Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Yuriy Shuleyko hamda Belarus Respublikasi Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat vaziri o‘rinbosari Aleksandr Yakovchis tashrif buyurdi. Tashrif davomida O‘zbekiston mahsulotlarining sifati, eksport salohiyati hamda Belarus bozoridagi istiqbollari muhokama qilindi.
Tadbir doirasida Belarusning yirik savdo tashkilotlari, importyor kompaniyalari va ulgurji savdo bozorlari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Muzokaralar davomida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Belarus bozoriga tizimli ravishda yetkazib berish, eksport nomenklaturasini kengaytirish, savdo hajmini oshirish hamda mahalliy eksportyorlar va Belarus importyorlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, Minsk tumanida joylashgan "Noviy Lebyajiy" ulgurji savdo bozori rahbariyati bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda meva-sabzavot va qayta ishlangan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini uzoq muddatli shartnomalar asosida eksport qilish, doimiy B2B hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda O‘zbekiston tadbirkorlari uchun alohida savdo maydonlarini tashkil etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Tashrif davomida chorvachilik sohasidagi hamkorlik masalalariga ham alohida e'tibor qaratildi. Belarus Respublikasining "Belplemjivobyedineniye" tashkiloti bilan o‘tkazilgan muzokaralar yakunida Samarqand viloyati tadbirkorlari uchun yuqori mahsuldor nasldor yirik shoxli qoramollarni yetkazib berish bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi. Mazkur kelishuv naslchilik ishlarini rivojlantirish hamda chorvachilik mahsuldorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning amaliy davomidir.
Shuningdek, Minsk tumanidagi "Ozerco-Logistik" savdo-logistika markazida logistika va bojxona infratuzilmasini tashkil etish bo‘yicha Belarus tajribasi o‘rganildi. Xalqaro yuklarni saqlash, qayta taqsimlash, raqamli logistika tizimlari va bojxona rasmiylashtiruvi jarayonlari bilan tanishish eksport logistikasini takomillashtirish yuzasidan tajriba almashish imkonini berdi.
Investitsiyaviy hamkorlik yo‘nalishida Mogilyov viloyati rahbariyati bilan o‘tkazilgan uchrashuv yakunida O‘zbekistonning "MARAQAND MEAT" MChJ hamda Mogilyov viloyati ijroiya qo‘mitasi o‘rtasida Belarus hududida zamonaviy chorvachilik kompleksini tashkil etish bo‘yicha memorandum imzolandi. Mazkur hujjat ikki tomonlama investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish va agro-sanoat sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun huquqiy asos yaratadi.
Delegatsiya, shuningdek, Vitebsk viloyatidagi ilg‘or qishloq xo‘jaligi korxonalari faoliyati bilan tanishib, intensiv chorvachilikni rivojlantirish, samarali xo‘jalik boshqaruvi, ozuqa bazasini mustahkamlash, raqamli agrotexnologiyalarni joriy etish hamda qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari yuzasidan tajriba almashdi.
Tashrif yakunlari bo‘yicha Belarus bozoriga O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilishni kengaytirish, eksportyorlar va importyorlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, logistika yo‘nalishlarini takomillashtirish, nasldor qoramollar importini yo‘lga qo‘yish hamda qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha qator kelishuvlarga erishildi.
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.