Oʼzbekiston va Mavrikiy oʼrtasidagi savdo-iqtisodiy va turizm sohasidagi hamkorlik yangi bosqichga koʼtariladi
Oʼzbekiston elchisi Аlisher Toʼxtaev Mavrikiyning Pokistondagi elchisi Munsoo Kurrimbakkus bilan uchrashuv oʼtkazdi.
Oʼzbekiston elchisi Аlisher Toʼxtaev Mavrikiyning Pokistondagi elchisi Munsoo Kurrimbakkus bilan uchrashuv oʼtkazdi.
Muloqot avvalida Oʼzbekistonning boy tarixiy-madaniy merosi, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, iqtisodiyotning oʼsish surʼatlari, shuningdek, xorijiy investorlar va tadbirkorlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar haqida soʼzlab berildi.
Shundan soʼng, Oʼzbekiston va Mavrikiy oʼrtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari, xususan, turizm, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Mavrikiy elchisi Oʼzbekiston bilan hamkorlikni faollashtirish oʼz mamlakati rahbariyati diqqat markazida turganini taʼkidladi.
– Oʼzbekiston tomoni bilan toʼgʼridan-toʼgʼri aloqalarni oʼrnatish biz uchun juda muhim, – dedi elchi Munsoo Kurrimbakkus. – Shu maqsadda, joriy yil dekabrь oyidan boshlab Port-Lui va Toshkent shaharlari oʼrtasida toʼgʼridan-toʼgʼri aviaqatnovlar yoʼlga qoʼyilishi rejalashtirilmoqda. Mazkur yoʼnalishning ochilishi kelgusida sayyohlik, ishbilarmonlik safarlari, gumanitar aloqalarni kengaytirish hamda Oʼzbekiston va Mavrikiy oʼrtasida oʼzaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish uchun ham sharoit yaratadi.
Muzokaralar chogʼida halol turizmni rivojlantirish masalasiga alohida eʼtibor qaratildi. Mavrikiyda musulmon aholining salmogʼi sezilarli ekani va halol turizm infratuzilmasi rivojlangan mamlakatlarga turistik yoʼnalishlarni kengaytirishga qiziqish mavjudligi qayd etildi. Shu nuqtai nazardan, boy tarixiy va islomiy merosga ega Oʼzbekiston istiqbolli yoʼnalish sifatida koʼrib chiqilmoqda.
Shu bilan birga, Oʼzbekistondan Mavrikiy bozoriga halol goʼsht va kolbasa mahsulotlarini eksport qilishni yoʼlga qoʼyish xususida fikr almashildi.
Bu borada Mavrikiy nafaqat oʼzbek mahsulotlari uchun salohiyatli bozor, balki Oʼzbekiston ishlab chiqaruvchilarining Аfrika davlatlari bozorlariga chiqishi uchun istiqbolli maydon sifatida ham qiziqish uygʼotadi.
Boʼlib oʼtgan uchrashuv yakunida biznes-delegatsiyalarning oʼzaro tashriflarini tashkil etish, ikki mamlakat turizm tashkilotlari oʼrtasida onlayn uchrashuvlar tashkil etish, shuningdek, qoʼshma turistik taqdimotlar va «road show» tadbirlarini oʼtkazish boʼyicha takliflar qoʼllab-quvvatlandi.
O'xshash yangiliklar
Islomobodda Oʼzbekiston va Pokiston oʼrtasidagi ikki va qoʼp tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi
Oʼzbekiston elchisi Аlisher Toʼxtaev Pokiston Tashqi ishlar vazirining oʼrinbosari, ShHT ishlari boʼyicha milliy koordinator Xalil Hashmi bilan uchrashuv oʼtkazdi.
Pokiston kompaniyasi Yangi Toshkent shahrida investitsiya loyihalarni amalga oshirish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurdi
O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida 2–4-noyabr kunlari Pokistonning “Vision Group” kompaniyasi raisi o‘rinbosari Abdul Rehman Xan boshchiligidagi delegatsiyaning O‘zbekistonga safari tashkil etildi.
Toshkent va Shri-Lankaning Mattala shaharlari oʼrtasida ilk toʼgʼridan-toʼgʼri aviaqatnovlar yoʼlga qoʼyildi
Oʼzbekistonning xususiy «Centrum Air» aviakompaniyasi tomonidan Toshkent va Shri-Lankaning Mattala shaharlari oʼrtasida ilk toʼgʼridan-toʼgʼri aviaqatnovlar yoʼlga qoʼyildi.