Oʼzbekiston–Belarus: oʼzaro ishonch va pragmatik hamkorlik asosida koʼp qirrali sheriklik mustahkamlanmoqda
2026-yil 8–9 iyul kunlari Oʼzbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Belarusda boʼladi.
2026 yil 8–9 iyul kunlari Oʼzbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Belarusda boʼladi.
Oʼzbekiston–Belarus munosabatlarining zamonaviy bosqichi barqaror ijobiy dinamika va hamkorlikning keng koʼlamli yoʼnalishlar boʼyicha izchil kengayib borayotgani bilan tavsiflanadi.
Ikki davlat oʼrtasidagi diplomatik munosabatlarga 1993-yil 21-yanvar kuni asos solingan. Belarusning Toshkentdagi elchixonasi 1994-yil fevraldan faoliyat yuritmoqda, Oʼzbekistonning Minskdagi elchixonasi esa 2017-yil oktyabrda tashkil etilgan boʼlib, 2018-yil martdan toʼliq faoliyat boshlagan. Oʼtgan davr mobaynida tomonlar oʼrtasida keng koʼlamli shartnomaviy-huquqiy baza shakllangan hamda siyosiy, iqtisodiy va gumanitar sohalarda hamkorlikning katta tajribasi toʼplangan.
Oʼzbekiston–Belarus hamkorligining shartnomaviy-huquqiy bazasi oʼzaro hamkorlikning deyarli barcha yoʼnalishlarini qamrab oladi. Hozirgi kunda savdo, investitsiyalar, sanoat kooperatsiyasi, transport, taʼlim, madaniyat, fan, sogʼliqni saqlash va hududlararo hamkorlik sohalarida 126 ta ikki tomonlama hujjat imzolangan.
Аsosiy hujjat 1991-yil 6-noyabrda Toshkentda tasdiqlangan Davlatlararo munosabatlar asoslari toʼgʼrisidagi shartnoma boʼlib, u Oʼzbekiston–Belarus sherikligini rivojlantirishning huquqiy asosini tashkil qiladi. Bu tomonlarning suveren tenglik, oʼzaro hurmat va manfaatlarni hisobga olish tamoyillariga sodiqligini ifodalaydi.
Siyosiy muloqot Oʼzbekiston–Belarus sherikligining asosiy poydevori hisoblanadi. Yuqori va oliy darajadagi doimiy aloqalar oʼzaro ishonchni mustahkamlash va ikki tomonlama munosabatlarni izchil rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
1991–2026-yillar davomida Belarus Prezidenti Аleksandr Lukashenko Oʼzbekistonga olti marta tashrif buyurgan. Jumladan 1994-, 2018-va 2024-yillarda rasmiy tashriflar amalga oshirilgan. Oʼzbekiston Prezidentining 2019-yil 31-iyul – 1 avgust kunlari Belarusga rasmiy tashrifi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishda muhim bosqich boʼldi.
Hukumatlararo hamkorlik ikki tomonlama aloqalarning muhim tarkibiy qismi sanaladi. 2022–2026-yillarda Oʼzbekiston va Belarusь Bosh vazirlarining qator oʼzaro tashriflari amalga oshirilgan boʼlib, ularda savdo-iqtisodiy hamkorlik, sanoat kooperatsiyasi, logistika va qoʼshma investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilingan.
Parlamentlararo hamkorlik oʼzaro aloqalarning muhim yoʼnalishlaridan biri boʼlib, soʼnggi yillarda yanada tizimli va amaliy tus oldi. Parlamentlararo hamkorlik tizimida Oʼzbekiston–Belarus ayollar biznes-forumlari alohida oʼrin tutadi. Ular ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qoʼllab-quvvatlash va gumanitar aloqalarni kengaytirish uchun samarali maydonga aylangan.
Iqtisodiy hamkorlik boʼyicha ham Oʼzbekiston–Belarus sherikligi barqaror ijobiy dinamikani namoyon etmoqda. Xalqaro iqtisodiy konʼyunkturaning murakkabligiga qaramasdan, tomonlar oʼzaro savdo hajmini izchil oshirish, investitsiya hamkorligini kengaytirish va sanoat kooperatsiyasini mustahkamlashga erishmoqda.
Soʼnggi yillarda Oʼzbekiston va Belarus oʼrtasida tovar ayirboshlash hajmi 5 barobardan ziyodga oshdi hamda 2017-yildagi 181,7 million dollardan 2025-yil yakunlari boʼyicha rekord 965 million dollarga yetdi. Ijobiy dinamika joriy yilda ham davom etmoqda. 2026-yil yanvarь–aprel oylari yakunlariga koʼra, oʼzaro savdo hajmi 340,4 million dollarga yetdi. Bu oʼtgan yilning shu davriga nisbatan qariyb uchdan birga koʼpdir.
Oʼzaro savdo tuzilmasi yuqori darajada diversifikatsiyalangani bilan ajralib turadi. Belarusь Oʼzbekistonga oziq-ovqat va kimyo sanoati mahsulotlari, mashina va uskunalar, transport vositalari va xomashyo yetkazib beradi, Oʼzbekiston esa sanoat va oziq-ovqat mahsulotlari, xizmatlar va qayta ishlash sanoati tovarlarini eksport qiladi.
Investitsiyaviy hamkorlik ham ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga sezilarli hissa qoʼshmoqda. Hozirgi kunda Oʼzbekistonda Belarus kapitali ishtirokida 244 ta korxona faoliyat yuritmoqda, Belarusda esa Oʼzbekiston biznesi ishtirokida 229 ta kompaniya ishlamoqda.
2025-yilda Belarusning Oʼzbekiston iqtisodiyotiga kiritgan investitsiyalari hajmi 104,4 million dollarni tashkil etdi. Iqtisodiy hamkorlikni muvofiqlashtirish 2001-yilda tashkil etilgan Ikki tomonlama hamkorlik boʼyicha hukumatlararo komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
Oʼzbekiston–Belarus munosabatlarini mustahkamlashda ikki davlat hududlari oʼrtasidagi toʼgʼridan-toʼgʼri aloqalarni rivojlantirish ham muhim omil hisoblanadi. Bu erishilgan siyosiy kelishuvlarni aniq iqtisodiy, investitsiyaviy va gumanitar loyihalarga aylantirish imkonini beradi.
2017-yildan buyon Oʼzbekiston va Belarus hududlari delegatsiyalarining 40 dan ortiq oʼzaro tashriflari amalga oshirilgan. Faol almashinuv mahalliy hokimiyat organlari, ishbilarmon doiralar va jamoat tashkilotlari oʼrtasida aloqalarni kengaytirishga xizmat qilmoqda.
Hududlararo sheriklikni rivojlantirishda forumlar alohida oʼrin tutadi. Ular anʼanaviy ravishda davlat rahbarlari rasmiy tashriflari doirasida tashkil etiladi va milliy koʼrgazmalar, investitsiya salohiyati taqdimotlari hamda hamkorlik kelishuvlarini imzolash marosimlari bilan uygʼunlashgan holda oʼtadi.
Madaniy-gumanitar aloqalar oʼzaro doʼstlik, anglashuv va taʼlim, fan hamda madaniy almashinuvlarni kengaytirishga yoʼnaltirilgan.
Belarusning ijodiy jamoalari muntazam ravishda Oʼzbekistonda oʼtkaziladigan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalida ishtirok etib keladi. Oʼzbek madaniyati vakillari esa Belarusь maydonlarida, jumladan, Vitebskdagi “Slavyan bozori” xalqaro sanʼat festivalida qatnashadi. Ikki davlatda madaniyat kunlari muntazam oʼtkazib kelinmoqda.
Madaniy aloqalarni mustahkamlashda tarixiy shaxslar xotirasi ham ramziy ahamiyatga ega. 2018-yilda Toshkentda belarusь adabiyoti klassigi Yakub Kolas haykali ochildi. 2019-yilda esa Minskda buyuk oʼzbek shoiri va mutafakkiri Аlisher Navoiy haykali oʼrnatildi.
Taʼlim va kadrlar tayyorlash sohasida ham aloqalar jadal rivojlanmoqda. Toshkentda Belarusь–Oʼzbekiston tarmoqlararo amaliy texnik malaka instituti tashkil etilgan. Ikki davlat oliy taʼlim muassasalari oʼrtasida ikki tomonlama diplom dasturlari amalga oshirilmoqda. Muhandislik-texnik oliy bilim yurtlari rektorlari forumi va kasbiy taʼlim anjumanlari akademik hamkorlikni kengaytirishga xizmat qilmoqda.
Fan, kinematografiya va turizm sohalaridagi rishtalar ham mustahkamlanmoqda. Belarusda Oʼzbekiston kinosi kunlari va Oʼzbekistonda Belarusь kinosi kunlari muntazam oʼtkazilib kelinadi. Ikki davlat vakillari xalqaro kinofestivallarda ishtirok etib, turizm tashkilotlari oʼrtasida hamkorlikni rivojlantirmoqda.
Sogʼliqni saqlash sohasidagi hamkorlik jadal rivojlanayotgan yoʼnalishlardan biri hisoblanadi. 2023-yilda birinchi tibbiyot forumi –Oʼzbekiston–Belarus sogʼliqni saqlash va tibbiy taʼlim kunlari boʼlib oʼtdi. Forum davomida tibbiyot muassasalari oʼrtasida hamkorlikni kengaytirish, tajriba almashish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan 120 dan ortiq kelishuvga erishilgan.
Oʼzbekistonda istiqomat qilayotgan belarusь diasporasi gumanitar aloqalarni mustahkamlashda muhim rolь oʼynamoqda. Hozirgi kunda mamlakatimizda taxminan 18 ming etnik belarusь yashaydi. Milliy madaniyatni saqlash va xalq diplomatiyasini rivojlantirishga Toshkentdagi “Svitanak” madaniyat markazi va Аngrendagi belarusь madaniyat markazi katta hissa qoʼshmoqda.
Shu tariqa, Oʼzbekiston–Belarus munosabatlari barqaror rivojlanish bilan ifodalanadi. Yuqori darajadagi siyosiy muloqot, savdo-iqtisodiy sheriklikning kengayishi, hududlararo aloqalar va gumanitar sohadagi hamkorlik ikki davlatning uzoq muddatli manfaatlariga mos ravishda serqirra aloqalari yanada mustahkamlash uchun mustahkam asos yaratadi.
“Dunyo” АА
O'xshash yangiliklar
Turkiyaning «Adolat va taraqqiyot» partiyasi raisi o‘rinbosari bilan uchrashuv to‘g‘risida
2026-yil 8-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mirvohid Azimov birinchi Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumida ishtirok etish uchun Toshkent shahriga tashrif buyurgan Turkiyaning hukmron «Adolat va taraqqiyot» (AK Parti) partiyasi raisi o‘rinbosari, turkshunos olim va professor Kurshad Zorlu bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Oʻzbekiston Prezidenti Gʻalaba monumenti poyiga gulchambar qoʻydi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Minsk shahriga kelgach, Gʻalaba monumenti poyiga gulchambar qoʻydi.
O‘zbekiston va Gvineya-Bisau tashqi ishlar vazirlari telefon orqali muloqot o‘tkazdi
7-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Gvineya-Bisau Respublikasi tashqi ishlar, xalqaro hamkorlik va jamiyatlar vaziri Fatumata Jau bilan telefon orqali muloqot qildi.