TIV rahbari Qozogʻistonning Oʻzbekistondagi yangi tayinlangan elchisidan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi
27-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Qozogʻiston Respublikasining mamlakatimizdagi yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Yerali Tugjanovning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.
27-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Qozogʻiston Respublikasining mamlakatimizdagi yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Yerali Tugjanovning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.
Uchrashuvda qardosh Qozogʻiston bilan erishilgan strategik sheriklik va ittifoqchilikning yuksak darajasi alohida qayd etildi. Davlatlar rahbarlari oʻrtasidagi ishonchli muloqot va mustahkam siyosiy iroda tufayli bugun Oʻzbekiston–Qozogʻiston munosabatlari barcha yoʻnalishlarda jadal rivojlanib borayotgani taʼkidlandi.
Tomonlar oʻzaro savdo hajmini oshirish, sanoat kooperatsiyasi, hududlararo aloqalar, transport va logistika sohalaridagi qoʻshma loyihalarni jadallashtirish masalalarini muhokama qildi.
TIV rahbari elchiga Oʻzbekistondagi masʼuliyatli va sharafli diplomatik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.