TIV rahbari Qozog‘iston elchisi bilan xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazdi
27-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov O‘zbekistonda diplomatik faoliyatini yakunlayotgan Qozog‘iston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Beybut Atamkulovni qabul qildi.
27-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov O‘zbekistonda diplomatik faoliyatini yakunlayotgan Qozog‘iston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Beybut Atamkulovni qabul qildi.
Uchrashuvda elchining mamlakatimizdagi faoliyati Oʻzbekiston–Qozogʻiston munosabatlarida muhim tarixiy davrga toʻgʻri kelgani alohida taʼkidlandi. Xususan, 2022-yil 22-dekabrda davlatlar oʻrtasida Ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisidagi shartnoma imzolangani qayd etildi.
Shuningdek, ikki qardosh mamlakat oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashga qoʻshgan salmoqli shaxsiy hissasi uchun Elchiga samimiy minnatdorlik bildirildi.
Diplomatning ushbu yoʻnalishdagi xizmatlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan yuksak baholanib, u “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlangani alohida eʼtirof etildi.
Uchrashuv yakunida Beybut Atamkulov Oʻzbekistonning samimiy doʻsti va yuksak malakali diplomat sifatida eʼtirof etilib, uning kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilandi.
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.