Seulda Koreya–Markaziy Osiyo sammitiga tayyorgarlik bo‘yicha yuqori mansabdor shaxslarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
2026-yil 10-aprel kuni Seul shahrida Koreya Respublikasi va Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining birinchi sammitiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha yuqori mansabdor shaxslarining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
2026-yil 10-aprel kuni Seul shahrida Koreya Respublikasi va Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining birinchi sammitiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha yuqori mansabdor shaxslarining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iz Respublikasi, Tojikiston, Turkmaniston va Koreya Respublikasi tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlari qatnashdi. O‘zbekiston tomonidan yig‘ilishda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev ishtirok etdi.
Qabul qiluvchi tomon bo‘lajak sammit konsepsiyasini taqdim etdi.
Tomonlar Janubiy Koreya va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi hamkorlik kun tartibini umumiy tarixiy va madaniy meros, o‘zaro manfaatdorlik va tenglik tamoyillari hamda kelajakka yo‘naltirilgan yondashuv asosida boyitish yuzasidan fikr almashdilar.
Delegatsiyalar Koreya Respublikasi va Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining birinchi tarixiy uchrashuvi dasturini hamkorlikda mazmunan shakllantirish maqsadida ushbu formatdagi hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldi.
Yuqori mansabdor shaxslar yig‘ilishining birinchi majlisi munosabati bilan Markaziy Osiyo delegatsiyalari rahbarlarining Koreya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Cho Xyon bilan alohida uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tomonlar bo‘lajak sammit Koreya Respublikasi va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi hamkorlik tarixida yangi sahifa ochishini, bu esa zamon talablari va innovatsion rivojlanishga mos kelishi qayd etildi.
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.