Samarqandda “Birodar shaharlar – barqaror rivojlanish va xalq diplomatiyasining yangi modeli” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boʼlib oʼtdi
Joriy yil 24-iyul kuni Samarqand shahrida “Birodar shaharlar – barqaror rivojlanish va xalq diplomatiyasining yangi modeli” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya boʼlib oʼtdi.
Joriy yil 24-iyul kuni Samarqand shahrida “Birodar shaharlar – barqaror rivojlanish va xalq diplomatiyasining yangi modeli” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya boʼlib oʼtdi.
Аnjuman birodar shaharlar oʼrtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, xalq diplomatiyasi mexanizmlarini kuchaytirish hamda xalqaro tajriba almashinuvini kengaytirish maqsadida tashkil etildi. Unda 20 ga yaqin xorijiy mamlakatlardan ekspert va mutaxassislar, shahar maʼmuriyati vakillari, Oʼzbekistondagi xorijiy davlatlar elchixonalari hamda xalqaro tashkilotlar vakillari (onlayn va oflayn formatda), shuningdek davlat va jamoat tashkilotlari, oliy taʼlim muassasalari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Mazkur xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya shaharlar oʼrtasida xalq diplomatiyasi asosida doʼstlik, hamjihatlik va madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan boʼlib, uning doirasida madaniyat, taʼlim, turizm, iqtisodiyot, ekologiya va innovatsiyalar sohalarida qoʼshma loyihalarni amalga oshirish, tajriba almashish hamda oʼzaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, anjuman xalqlar oʼrtasida oʼzaro tushunish va ishonchni mustahkamlash, milliy qadriyatlar hamda urf-odatlarni hurmat qilish orqali tinchlik va barqaror taraqqiyotga hissa qoʼshishga xizmat qildi.
Konferentsiya doirasida yalpi majlis hamda uchta mavzuli sessiya oʼtkazildi.
Yalpi majlis: “Birodar shaharlar – barqaror rivojlanish va xalq diplomatiyasining yangi modeli” Yalpi majlisning asosiy maqsadi – birodar shaharlar oʼrtasidagi hamkorlikni xalq diplomatiyasining muhim mexanizmi sifatida ilmiy va amaliy jihatdan muhokama qilish, mahalliy darajadagi xalqaro aloqalar orqali xalqlar oʼrtasida oʼzaro ishonch, madaniy yaqinlik va gumanitar aloqalarni yanada mustahkamlashdan iborat.
Birinchi sessiya: “Birodar shahar va hududlar oʼrtasida savdo-iqtisodiy hamda investitsiyaviy hamkorlik” Mazkur sessiya doirasida birodar shaharlar va hududlar oʼrtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish hamda oʼzaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Sessiyada hududlarning iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish, ishlab chiqarish kooperatsiyasini yoʼlga qoʼyish, eksport imkoniyatlarini kengaytirish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish hamda xorijiy hamkorlar bilan toʼgʼridan-toʼgʼri aloqalarni mustahkamlash boʼyicha fikr va takliflar bildirildi. Shuningdek, birodar shaharlar oʼrtasida kichik va oʼrta biznes subʼektlari oʼrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, innovatsion iqtisodiy tashabbuslarni qoʼllab-quvvatlash va hududlararo sheriklikni aniq amaliy natijalarga yoʼnaltirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Sessiya hududlarning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish va yangi hamkorlik yoʼnalishlarini belgilashda muhim muloqot maydoni boʼldi.
Ikkinchi sessiya “Birodar shaharlararo fan-taʼlim, texnologiya va innovatsiyalar hamkorligining istiqbollari” mavzusiga bagʼishlandi. Unda birodar shaharlar oʼrtasida ilm-fan, taʼlim, raqamli texnologiyalar va innovatsiyalar sohalarida hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Sessiya davomida oliy taʼlim muassasalari, ilmiy markazlar va innovatsion tashkilotlar oʼrtasida hamkorlik aloqalarini yoʼlga qoʼyish, qoʼshma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, akademik almashinuv dasturlarini rivojlantirish hamda yosh olimlar va tadqiqotchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratish masalalari koʼrib chiqildi.
Shuningdek, “aqlli shahar” (smart city) texnologiyalari, zamonaviy boshqaruv tizimlari, ekologik innovatsiyalar va raqamli yechimlarni joriy etish borasidagi xalqaro tajriba almashish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Sessiyada bilim va tajribani umumlashtirish, innovatsion gʼoyalarni qoʼllab-quvvatlash hamda shaharlarning barqaror rivojlanishiga xizmat qiladigan yangi mexanizmlarni shakllantirish kabi mavzular qamrab olindi.
Uchinchi sessiya “Turizm – birodar shaharlar global tarmogʼini rivojlantirishning strategik vositasi” mavzusiga bagʼishlandi. Ushbu uchrashuv davomida turizm sohasi birodarlashgan shaharlar oʼrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, xalqlar oʼrtasidagi madaniy aloqalarni rivojlantirish hamda xalq diplomatiyasi imkoniyatlarini kengaytirishning asosiy yoʼnalishi sifatida muhokama etildi.
Sessiya doirasida Oʼzbekistonning boy tarixiy-madaniy merosi, turizm salohiyati va zamonaviy turizm imkoniyatlarini xalqaro miqyosda targʼib qilish, xorijiy shaharlar bilan qoʼshma turistik loyihalarni amalga oshirish hamda yangi yoʼnalishlarni shakllantirish masalalari koʼrib chiqildi. Ishtirokchilar tomonidan turizm, madaniyat va iqtisodiy hamkorlikni uygʼunlashtirish, shaharlar oʼrtasida sayyohlik almashinuvini rivojlantirish, umumiy turistik yoʼnalishlar yaratish, milliy qadriyatlar va madaniy merosni keng targʼib qilish boʼyicha fikrlar bildirildi.
Samarqand shahrida oʼtkazilgan “Birodar shaharlar – barqaror rivojlanish va xalq diplomatiyasining yangi modeli” xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyasi shaharlar oʼrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, xalq diplomatiyasi imkoniyatlarini kengaytirish va xalqaro tajriba almashinuvini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Аnjuman doirasida ilgari surilgan taklif va tashabbuslar iqtisodiyot, taʼlim, innovatsiya, turizm hamda madaniy-gumanitar yoʼnalishlarda yangi hamkorlik loyihalarini amalga oshirishga xizmat qiladi. Mazkur konferentsiya birodar shaharlar oʼrtasidagi doʼstlik va ishonch rishtalarini mustahkamlash, barqaror taraqqiyot yoʼlida yangi imkoniyatlarni yaratish uchun muhim muloqot maydoniga aylandi.
“Dunyo” АА
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.