O‘zbekiston Prezidentining Rossiyaga amaliy tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Sankt-Peterburg shahriga amaliy tashrifi dasturi doirasidagi tadbirlar nihoyasiga yetdi. justify;">Kecha, 21-dekabr kuni O‘zbekiston rahbari Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi majlisida nutq so‘zladi.
Mamlakatimiz Prezidentiga, shuningdek, Qirg‘iziston va Tojikiston Prezidentlariga Lev Tolstoy nomidagi xalqaro tinchlik mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Davlatimiz rahbari Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etdi va Davlat Ermitajiga tashrif buyurdi.
Ishchi tashrifini yakunlagan davlatimiz rahbari Pulkovo xalqaro aeroportidan Toshkentga uchib keldi. Oliy martabali mehmonni Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.