Oʻzbekiston Prezidenti “SOCAR” va “British Petroleum” bilan hamkorlikni rivojlantirish rejalarini muhokama qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13-may kuni “Oʻzbekiston energetika haftaligi – 2026” forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Ozarbayjonning “SOCAR” kompaniyasi bosh direktori Ravshan Najaf hamda “British Petroleum” kompaniyasi rahbariyati Ariel Flores va Jovanni Kristofolini qabul qildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13-may kuni “Oʻzbekiston energetika haftaligi – 2026” forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Ozarbayjonning “SOCAR” kompaniyasi bosh direktori Ravshan Najaf hamda “British Petroleum” kompaniyasi rahbariyati Ariel Flores va Jovanni Kristofolini qabul qildi.
Uchrashuvda energetika va neft-gaz sohasida yetakchilardan hisoblangan ushbu yirik kompaniyalar bilan oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.
Energetika sohasidagi kooperatsiya muvaffaqiyatli kechayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. “SOCAR” kompaniyasi Ustyurt platosidagi uglevodorod konlarini oʻzlashtirish loyihasini amalga oshirishda Oʻzbekistonning sherigi hisoblanadi. “SOCAR”ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasini ochish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.
Ushbu keng koʻlamli loyihaga “British Petroleum” kompaniyasi qoʻshilganiga yuksak baho berildi.
Neft-gaz sohasida uglevodorod xomashyosini qidirish, qazib olish va chuqur qayta ishlash, neft va neft mahsulotlarini uzoq muddatli yetkazib berishni yoʻlga qoʻyish hamda tarmoq uchun mutaxassis kadrlar tayyorlash boʻyicha qoʻshma loyihalarni ilgari surish muhimligi taʼkidlandi.
Bundan tashqari, Ozarbayjon futbol federatsiyalari assotsiatsiyasi raisi sifatida ham faoliyat yuritayotgan Ravshan Najaf davlatimiz rahbariga 2027-yilda Oʻzbekiston va Ozarbayjonda yoshlar oʻrtasidagi U-20 jahon chempionatini oʻtkazishga birgalikda tayyorgarlik koʻrishdagi koʻmagi uchun minnatdorlik bildirdi.
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.