Oʻzbekiston va Rossiya Prezidentlari mamlakatimizda AESning birinchi energiya bloki qurilishiga start berdilar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Oʻzbekistonda integratsiyalashgan atom elektr stansiyasining birinchi energiya blokini qurish ishlariga start berdilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Oʻzbekistonda integratsiyalashgan atom elektr stansiyasining birinchi energiya blokini qurish ishlariga start berdilar.
Marosimda telekoʻprik orqali Xalqaro atom energiyasi agentligi (XAEA) bosh direktori Rafael Grossi ham ishtirok etdi.
Davlatimiz rahbari Vladimir Putin va Rafael Grossiga ushbu loyihaning roʻyobga chiqarilishini shaxsan qoʻllab-quvvatlaganlari va koʻrsatilgan eʼtibor uchun minnatdorlik bildirdi. Mamlakatimizda birinchi atom elektr stansiyasini barpo etishda ishtirok etayotgan Oʻzbekiston va Rossiya mutaxassislariga birgalikdagi saʼy-harakatlar va yuksak professionallik uchun alohida tashakkur aytildi.
Mazkur loyihaning amalga oshirilishi Oʻzbekistonning texnologik, industrial va ilmiy taraqqiyotida yangi bosqichni boshlab berib, yangi tarmoq – atom energetikasini rivojlantirish uchun asos yaratishi qayd etildi. Loyiha kichik modulli atom generatsiyasi hamda yirik hajmli energetika sohasidagi eng soʻnggi yutuqlarni oʻzida mujassam etgan.
Oʻzbekiston yetakchisi xavfsizlik loyihaning mutlaq va soʻzsiz sharti ekanini alohida taʼkidladi. Stansiyani qurish va uni ekspluatatsiyaga tayyorlash ishlari eng zamonaviy xalqaro standartlar, ilgʻor muhandislik yechimlari asosida hamda Xalqaro atom energiyasi agentligining doimiy nazorati ostida bajarilmoqda.
Ushbu ulkan loyihaning amalga oshirilishi va uning natijalari Oʻzbekiston – Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.