Pokiston Qoraqalpog‘istonda “aqlli” shaharlarni barpo etish va raqamli infratuzilmani rivojlantirish loyihalarida ishtirok etadi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi raisi Farhod Ermanov va O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev Pokistonning Lahor shahriga tashrifi doirasida ushbu mamlakatning yirik investitsiya kompaniyalaridan biri – “HRL Group” bosh direktori Zahid Rafiq bilan uchrashdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi raisi Farhod Ermanov va O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev Pokistonning Lahor shahriga tashrifi doirasida ushbu mamlakatning yirik investitsiya kompaniyalaridan biri – “HRL Group” bosh direktori Zahid Rafiq bilan uchrashdi.
Muzokaralarda Qoraqalpog‘istonda “aqlli” shaharlarni barpo etish, raqamli infratuzilmani rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, Xo‘jayli tumanida barpo etilayotgan Yoshlar shaharchasi hududida “IT Park”, “Data Center” va “Smart City” loyihalarini amalga oshirish taklifi ko‘rib childi. Mazkur loyihalar hududda innovatsion ekotizimni shakllantirish, raqamli xizmatlar sifatini oshirish va axborot texnologiyalari sohasini yana-da rivojlantirishga xizmat qilishi taʼkidlandi.
“HRL Group” rahbariyati kompaniya delegatsiyasi joriy yil aprel oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyurib, hududning investitsiyaviy salohiyati hamda amalga oshirilishi rejalashtirilgan istiqbolli loyihalar bilan yaqindan tanishganini maʼlum qildi. Shuningdek, kompaniya mazkur investitsiya loyihalarini amalga oshirishga to‘liq tayyor ekanini tasdiqladi.
Kompaniya vakillarining aytishicha, Nukus shahrida quriladigan “IT Park”ning ishchi loyihasi to‘liq ishlab chiqilgan bo‘lib, uni amaliy bosqichga o‘tkazish uchun zarur tayyorgarlik ishlari yakunlangan. Bu esa loyihani qisqa muddatlarda amalga oshirish imkoniyatini yaratadi.
Uchrashuvda shuningdek, Nukus shahrida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan “Smart City” loyihasini real vaqt rejimida boshqarish imkonini beruvchi maxsus dastur O‘zbekiston tomoniga taqdim etildi. Ushbu raqamli yechim shahar infratuzilmasini samarali boshqarish, kommunal xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish va aholi uchun qulay hamda xavfsiz shahar muhitini shakllantirishga xizmat qiladi.
Uchrashuv yakunida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va “HRL Group” o‘rtasida investitsiya loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish va imzolash bo‘yicha kelishuvga erishildi. Ushbu hujjat Nukus shahrida “IT Park”, “Data Center” va “Smart City”loyihalarini amalga oshirishning keyingi bosqichlari, aniq vazifalar va amaliy chora-tadbirlarni belgilab beradi.
Shuningdek, “HRL Group” rahbariyati loyihalarni amaliy bosqichga olib chiqish maqsadida yaqin vaqt ichida mutaxassislar guruhini Qoraqalpog‘istonga yuborishini, ajratilgan yer maydonlarining holatini o‘rganishini hamda har bir loyiha yuzasidan aniq texnik va tijorat takliflarini taqdim etishini maʼlum qildi.
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.