Pokiston kompaniyasi Nukusda zamonaviy to‘qimachilik korxonasi tashkil etishni rejalashtirmoqda
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Farhod Ermanov va O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev boshchiligidagi delegatsiya Pokistonning Panjob provinsiyasiga tashrifi doirasida mamlakatning yirik to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilaridan biri – “Indus Group” kompaniyasi rahbariyati bilan muzokara o‘tkazdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Farhod Ermanov va O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev boshchiligidagi delegatsiya Pokistonning Panjob provinsiyasiga tashrifi doirasida mamlakatning yirik to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilaridan biri – “Indus Group” kompaniyasi rahbariyati bilan muzokara o‘tkazdi.
Muloqot davomida pokistonlik ishbilarmonlarga Qoraqalpog‘istonda xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay sarmoyaviy muhit, amaldagi soliq va bojxona imtiyozlari, investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun mavjud shart-sharoit va imkoniyatlar haqida maʼlumot berildi.
“Indus Group” kompaniyasi bilan Nukus shahrida barpo etilayotgan texnopark hududida davlat-xususiy sheriklik asosida zamonaviy to‘qimachilik korxonasini tashkil etish istiqbollari muhokama qilindi. Loyihani amalga oshirish uchun texnopark hududidan zarur yer maydoni ajratilishi bo‘yicha fikr almashildi.
– Mazkur loyihani har tomonlama o‘rganib chiqamiz. Shu bilan birga, biz Qoraqalpog‘istonda axborot texnologiyalari va maʼlumotlar markazlari (Data Center) sohalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, mazkur yo‘nalishlarda investitsiya loyihalarini amalga oshirishimiz mumkin, – dedi kompaniya rahbari.
Uchrashuv jarayonida muhokama qilingan takliflarni joyida o‘rganish, Qoraqalpog‘istonning investitsiya salohiyati va ishbilarmonlik muhiti bilan yaqindan tanishish, istiqbolli investitsiya loyihalari yuzasidan amaliy muzokaralar o‘tkazish maqsadida joriy yil davomida “Indus Group” kompaniyasi delegatsiyasining Qoraqalpog‘istonga biznes-missiyasini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mazkur uchrashuv ikki tomonlama iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni yana-da rivojlantirish, to‘qimachilik sanoati, axborot texnologiyalari hamda raqamli infratuzilma sohalarida yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun mustahkam asos yaratishi kutilmoqda.
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.