O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining Hindiston Respublikasiga tashrifiga oid
2026-yil 3-4-avgust kunlari O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiya Hindiston Respublikasining Nyu-Dehli shahriga tashrif buyurdi.
2026-yil 3-4-avgust kunlari O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiya Hindiston Respublikasining Nyu-Dehli shahriga tashrif buyurdi.
Tashrifi doirasida TIV rahbari boshchiligidagi delegatsiya Hindiston Respublikasi Prezidenti Draupadi Murmu tomonidan qabul qilindi.
Uchrashuv avvalida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomi va ezgu tilaklari yetkazildi. Tomonlar siyosiy muloqotni yanada faollashtirish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash istiqbollari, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar hamda xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi. Oʻzbekiston va Hindiston tashqi ishlar vazirliklari strategik sheriklikni yanada mustahkamlash yoʻlidagi hamkorlikni izchil davom ettirishga tayyor ekanini tasdiqladi.
Shuningdek, Hindiston tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jaishankar bilan tor doirada hamda delegatsiyalar ishtirokida muzokaralar oʻtkazildi. Unda Oʻzbekiston–Hindiston strategik sheriklik va koʻp qirrali hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish, oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, boʻlajak oliy darajadagi tadbirlar, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, transport-logistika sohasidagi oʻzaro bogʻliqlikni mustahkamlash hamda mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Nyu-Dehlida oʻtkazilgan Oʻzbekiston–Hindiston biznes-forumi ishbilarmon doiralar oʻrtasidagi hamkorlikni kengaytirish uchun muhim platforma boʻldi. Forumda energetika, infratuzilma, farmatsevtika, raqamli texnologiyalar, sunʼiy intellekt, transport-logistika, sogʻliqni saqlash va qishloq xoʻjaligi sohalaridagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Tadbir Oʻzbekiston va Hindistonning tegishli vazirliklari, FICCI, Invest India hamda Oʻzbekistonning Nyu-Dehlidagi Elchixonasi hamkorligida tashkil etildi.
Bundan tashqari, Hindiston parlamentining quyi palatasi – Lok Sabha Spikeri Om Birla bilan ham uchrashuv o‘tkazildi. Unda Oʻzbekiston va Hindiston oʻrtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlashda parlamentlararo diplomatiyaning oʻrni, parlamentlararo muloqotni rivojlantirish, doʻstlik guruhlari faoliyatini faollashtirish hamda qonun ijodkorligi sohasida tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.
Tashrif doirasida TIV rahbari AQSh Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili, elchi Serjio Gor bilan uchrashdi. Unda Oʻzbekiston–AQSh strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirish, oliy va yuqori darajadagi muloqotlarni faollashtirish, C5+1 formati doirasidagi hamkorlik, boʻlajak qoʻshma tadbirlar hamda mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.