O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasining Amerika Qo‘shma Shtatlariga tashrifi to‘g‘risida
Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Migratsiya agentligi vakillaridan iborat O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi mamlakatimizning AQShdagi elchixonasi hamda Nyu-York shahridagi Bosh konsulxonasi ko‘magida Amerika Qo‘shma Shtatlarining tegishli vazirlik va idoralarida qator konstruktiv uchrashuvlar o‘tkazdi.
Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Migratsiya agentligi vakillaridan iborat O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi mamlakatimizning AQShdagi elchixonasi hamda Nyu-York shahridagi Bosh konsulxonasi ko‘magida Amerika Qo‘shma Shtatlarining tegishli vazirlik va idoralarida qator konstruktiv uchrashuvlar o‘tkazdi.
AQSh Mehnat vazirligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda o‘zaro ishonchning yuqori darajasi va O‘zbekiston-Amerika strategik sheriklik munosabatlarining izchil rivojlanayotgani alohida qayd etildi.
Amerika tomoni O‘zbekistonda majburiy va bolalar mehnatiga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni, shuningdek migratsiya masalalaridagi samarali hamkorlikni, jumladan AQShdan O‘zbekiston fuqarolarini tashkil etilgan tartibda repatriatsiya qilish amaliyotini yuqori baholadi.
Muzokaralar davomida mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollari, xususan, O‘zbekistonning H-2A mavsumiy ishchi vizalari dasturida ishtirok etishi masalasi ko‘rib chiqildi.
Delegatsiyaning AQSh Davlat departamentiga tashrifi doirasida ikki tomonlama munosabatlarning barqaror ijobiy dinamikasi va siyosiy muloqotning yuqori darajasi qayd etildi. O‘zbekistonning AQSh uchun strategik ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Siyosiy, iqtisodiy va madaniy-gumanitar yo‘nalishlarda qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish, shuningdek konsullik-huquqiy masalalar bo‘yicha axborot almashinuvini davom ettirish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Vashington shahridagi O‘zbekiston elchixonasida AQSh Qishloq xo‘jaligi sohasidagi ish beruvchilar milliy kengashi (NCAE) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, delegatsiya Filadelfiya va Nyu-York shaharlarida o‘tkazilgan ish beruvchilar va vatandoshlar forumida ishtirok etdi. Ushbu forumning avlodlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni mustahkamlash, yoshlar o‘rtasida madaniy-ma’rifiy tashabbuslar va milliy qadriyatlarni rivojlantirish, shuningdek ish beruvchilar bilan hamkorlikni kengaytirish orqali O‘zbekistondan mehnat resurslarini jalb etish istiqbollarini shakllantirishdagi ahamiyati alohida qayd etildi.
O'xshash yangiliklar
TIV rahbari Germaniya elchisi bilan xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazdi
15-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov O‘zbekistonda diplomatik faoliyatini yakunlayotgan Germaniya Federativ Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Manfred Huterer bilan xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazdi.
TIV rahbarining Turkmaniston Respublikasiga tashrifiga oid
2026-yil 14-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiyaning Turkmaniston Respublikasi Ashxobod shahriga amalga oshirgan rasmiy tashrifi doirasida O‘zbekiston–Turkmaniston munosabatlarini yanada mustahkamlashga qaratilgan qator oliy va yuqori darajadagi uchrashuvlar hamda muzokaralar o‘tkazildi.
Oʼzbekistonda xorijiy sayyohlar uchun QQSni qaytarish tizimi yoʼlga qoʼyildi
2026-yil 1-apreldan boshlab Oʼzbekistonning barcha xalqaro aeroportlarida xorijiy fuqarolar uchun qoʼshilgan qiymat soligʼini (Tax Free) qaytarish tizimi joriy etildi.