Shvetsiya Qirolligi Tashqi ishlar vazirligining xalqaro rivojlanish hamkorligi va tashqi savdo bo‘yicha davlat kotibi bilan uchrashuv to‘g‘risida
2026-yil 10-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov Shvetsiya Qirolligi Tashqi ishlar vazirligining xalqaro rivojlanish hamkorligi va tashqi savdo bo‘yicha davlat kotibi Diana Yanse bilan uchrashuv o‘tkazdi.
2026-yil 10-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov Shvetsiya Qirolligi Tashqi ishlar vazirligining xalqaro rivojlanish hamkorligi va tashqi savdo bo‘yicha davlat kotibi Diana Yanse bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Tomonlar O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasidagi siyosiy muloqot, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, migratsiya, ta’lim, innovatsiyalar, farmatsevtika, sanoat, qishloq xo‘jaligi hamda madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi.
Uchrashuvda tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi muntazam maslahatlashuvlarni davom ettirish, parlamentlararo aloqalarni kengaytirish muhimligi ta’kidlandi.
Savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalari muhokamasi davomida ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmini oshirish, shved kompaniyalarining O‘zbekiston iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlaridagi ishtirokini kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, migratsiya sohasidagi hamkorlik masalalari muhokamasi doirasida xavfsiz, tartibli va qonuniy migratsiyani ta’minlash, mehnat migratsiyasi uchun yangi imkoniyatlar yaratish, migrantlarga ko‘rsatiladigan konsullik xizmatlarini takomillashtirish va inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish muhimligi qayd etildi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha quyidagi ikki tomonlama hujjatlar imzolandi:
– O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Shvetsiya Qirolligi Hukumati o‘rtasida migratsiya va mobillik sohasida keng qamrovli sheriklik to‘g‘risidagi bitim;
– O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Shvetsiya Qirolligi Hukumati o‘rtasida qonuniy migratsiya va akademik almashuvlarni osonlashtirishga yo‘naltirilgan migratsiya va mobillik pilot dasturini tashkil etish to‘g‘risidagi Qo‘shma anglashuv deklaratsiyasi.
O'xshash yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi
Assalomu alaykum, qadrli vatandoshlar! Hurmatli mehmonlar!
Oʼzbekiston va Serbiya: mehnat mobilligidan inson kapitali sohasidagi strategik sheriklik sari
Serbiya iqtisodiyoti rivojlanib, ayrim tarmoqlarda malakali kadrlarga ehtiyoj ortib borayotgan bir paytda, Oʼzbekiston bilan shakllanayotgan yangi hamkorlik modeli bu ehtiyojni qonuniy, tartibli va ikki davlat institutlari nazoratida taʼminlash imkonini berishi mumkin.
Qoraqalpog‘iston va Xorazmning turizm salohiyati muhokama qilindi
2026-yil 25-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mirvohid Azimov raisligida olimlar, tarixchilar va turizm sohasi ekspertlari ishtirokida Qoraqalpog‘iston va Xorazmning turizm salohiyatini yanada rivojlantirishga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.