Saudiya Arabistoni elchisi bilan uchrashuvga oid
2026-yil 22-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev Saudiya Arabistoni Podshohligining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Saad bin Nosir bin Abdulloh Abu Haymed bilan uchrashuv o‘tkazdi.
2026-yil 22-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev Saudiya Arabistoni Podshohligining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Saad bin Nosir bin Abdulloh Abu Haymed bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston – Saudiya Arabistoni munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilinib, konsullik-huquqiy sohadagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, fuqarolar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda mehnat migratsiyasi sohasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Tomonlar raqamli yechimlarni joriy etish, konsullik xizmatlari samaradorligini oshirish va mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishdan ikki davlat ham manfaatdor ekanini taʼkidladilar.
Shuningdek, O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi aloqalarni yanada faollashtirishga xizmat qiladigan qator tashabbuslar muhokama qilinib, ularni vakolatli idoralar ishtirokida amaliy jihatdan ishlab chiqishga kelishib olindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni izchil rivojlantirish va muntazam muloqotni davom ettirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.