Belarus elchisi bilan uchrashuvga oid
28-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev Belarus Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Aleksandr Ogorodnikov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
28-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev Belarus Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Aleksandr Ogorodnikov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida konsullik-huquqiy masalalar, shuningdek migratsiya sohasidagi hamkorlik, xususan shartnomaviy-huquqiy bazani shakllantirish, qo‘shma o‘quv va madaniy markazlarni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash muhimligini ta’kidlab, muloqotni yanada rivojlantirishga tayyor ekanligini tasdiqladi.
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.