Ruminiya faxriy konsuli va elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mirvohid Azimov V Toshkent Xalqaro investisiya forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan Ruminiyaning sobiq tashqi ishlar va transport vaziri, shuningdek, O‘zbekistonning Ruminiyadagi faxriy konsuli Ramona Manesku hamda Ruminiyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Daniel Chobanu bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tomonlar O‘zbekiston va Ruminiya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-logistika, innovatsiyalar, farmatsevtika, sanoat, qishloq xo‘jaligi va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikning bugungi holati hamda uni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi.
Shuningdek, transport va logistika sohasidagi hamkorlikka alohida e’tibor qaratilib, Konstansa portining tranzit va logistika salohiyatidan samarali foydalanish, O‘zbekiston va Ruminiya hududlarida logistika markazlari (xablar) hamda qo‘shma korxonalar tashkil etish bo‘yicha tashabbuslarni amalga oshirish muhimligi ta’kidlandi.
O'xshash yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi
Assalomu alaykum, qadrli vatandoshlar! Hurmatli mehmonlar!
Oʼzbekiston va Serbiya: mehnat mobilligidan inson kapitali sohasidagi strategik sheriklik sari
Serbiya iqtisodiyoti rivojlanib, ayrim tarmoqlarda malakali kadrlarga ehtiyoj ortib borayotgan bir paytda, Oʼzbekiston bilan shakllanayotgan yangi hamkorlik modeli bu ehtiyojni qonuniy, tartibli va ikki davlat institutlari nazoratida taʼminlash imkonini berishi mumkin.
Qoraqalpog‘iston va Xorazmning turizm salohiyati muhokama qilindi
2026-yil 25-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mirvohid Azimov raisligida olimlar, tarixchilar va turizm sohasi ekspertlari ishtirokida Qoraqalpog‘iston va Xorazmning turizm salohiyatini yanada rivojlantirishga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.