65-Xalqaro gullar festivaliga 50 dan ortiq davlatdan qariyb 1 million nafar xorijiy sayyoh tashrif buyurishi kutilmoqda
Namangan – uzoq yillik boy tarixga ega O‘zbekiston hududi. Bu yerda ikki ming yildan ortiq vaqt davomida uzluksiz aholi yashab kelmoqda.
Namangan – uzoq yillik boy tarixga ega O‘zbekiston hududi. Bu yerda ikki ming yildan ortiq vaqt davomida uzluksiz aholi yashab kelmoqda. Namangan viloyati 1941 yilda maʼmuriy birlik sifatida tashkil etilgan. Hozirgi kunda uning aholisi taxminan uch million nafardan ortiq. Viloyat maydoni 7 ming 900 km² bo‘lib, maʼmuriy markazi Namangan shahri. Shahar dengiz sathidan taxminan 450 metr balandlikda joylashgan.
Namangan O‘zbekistonda aholi eng zich joylashgan hududlardan biri hisoblanadi. Shu bois, bu yerda ijtimoiy hayot juda faol, iqtisodiy va madaniy-maʼrifiy jarayonlar jadal kechadi. Ayniqsa, har yili anʼanaviy ravishda o‘tkaziladigan Xalqaro gullar festivali juda mashhur.
Xalqaro gullar festivali ilk bor 1961 yil avgust oyida Namangan shahrida o‘tkazilgan. U paytda bu oddiy gul ko‘rgazmasi bo‘lib, mahalliy bog‘bonlar va gul yetishtiruvchilar o‘z mahsulotlarini namoyish etgan. Festival 2018 yilda xalqaro maqomga ega bo‘lgandan so‘ng gullar bayramiga turli davlatlardan mehmonlar va ishtirokchilar kela boshladi. Bugungi kunda festival O‘zbekistonning eng yirik va mashhur xalqaro madaniy bayramlaridan biriga aylangan.
Yildan yilga yuksalib borayotgan Xalqaro gullar festivali bu gal yubiley, 65-marotaba tashkil etiladi. O‘tgan yillar davomida ushbu nufuzli tadbir nafaqat mamlakatimizda, balki jahon miqyosida ham o‘ziga xos brend darajasiga ko‘tarildi.
Festival boshlanishini nafaqat O‘zbekiston aholisi, balki qo‘shni davlatlar fuqarolari, xorijiy ekspert va mutaxassislar ham katta qiziqish bilan kutmoqda. Ayni paytda ushbu yirik xalqaro tadbirga qizg‘in tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Maʼlumotlarga ko‘ra, bu galgi yubiley festivalida 50 dan ortiq mamlakatdan qariyb 1 million nafar xorijiy sayyoh hamda 7 milliondan ziyod mahalliy mehmon ishtirok etishi kutilmoqda. Qariyb 50 kun davom etadigan gullar bayrami doirasida 150 dan ortiq madaniy-maʼrifiy va ko‘ngilochar tadbirlar tashkil etiladi.
Eʼtiborli jihati, bu yilgi festival Ginnesning rekordlar kitobi (Guinness World Records)ga kiritilishi mumkin. Hozirda bir oy davomida eng ko‘p gul ekish orqali rekord o‘rnatish jarayoni amalga oshirilmoqda. Ushbu jarayonlarning shaffofligini taʼminlash maqsadida tashkilotning Dubaydagi vakili Kanzi Defravi tomonidan xalqaro talablar asosida kuzatuv ishlari olib borilmoqda.
Xalqaro gullar festivali 24 maydan 12 iyulga qadar davom etadi. Ushbu festival nafaqat gullar ko‘rgazmasi, balki madaniy, sport, ilmiy va ko‘ngilochar tadbirlarga boyligi bilan ajralib turadi. Jumladan, gala-konsertlar, dron-shou, avtoparad, ochiq osmon ostida simfonik konsert, modalar haftaligi, ko‘rgazmalar, shuningdek, turizm, investitsiya va ishbilarmonlikka bag‘ishlangan xalqaro forumlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.