Toshkentda 150 dan ortiq xorijiy to‘qimachilik va tikuvchilik sanoatining ishonchli taʼminotchilari uchrashadi
Shu yil 13-15-may kunlari Toshkentdagi “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazma majmuasida 26-Xalqaro to‘qimachilik va tikuvchilik sanoati – “TextileExpo Uzbekistan 2026” ko‘rgazmasi o‘z ekspozitsiyasini boshlaydi.
Shu yil 13-15-may kunlari Toshkentdagi “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazma majmuasida 26-Xalqaro to‘qimachilik va tikuvchilik sanoati – “TextileExpo Uzbekistan 2026” ko‘rgazmasi o‘z ekspozitsiyasini boshlaydi.
“TextileExpo Uzbekistan” - Markaziy Osiyodagi to‘qimachilik va tikuvchilik sanoatining eng yirik B2B platformasi bo‘lib, ishlab chiqaruvchilar, yetkazib beruvchilar va professional xaridorlarni birlashtiradi.
Bu yerda xaridorlar ishonchli hamkorlar, dolzarb tendensiyalar va hamkorlikning qulay shartlarini, soha vakillari esa ishlab chiqarishni rivojlantirish va optimallashtirish uchun kompleks yechimlarni topadi. Tashrif buyuruvchilar takliflarni taqqoslashi, mahsulot sifatini baholashi va ishlab chiqaruvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib borishi mumkin.
Ko‘rgazmada 7 mamlakatdan 150 dan ortiq ishonchli taʼminotchilar, xususan, Xitoy kompaniyalari ishtirok etadi.
Ekspozitsiya anʼanaviy ravishda ishlab chiqarish siklining barcha bosqichlarini - xomashyodan tortib tayyor mahsulot va aksessuarlargacha qamrab oladi. Tashrif buyuruvchilar eʼtiboriga ip-kalava, mato, trikotaj, furnitura va aksessuarlar, tayyor kiyim-kechak, texnik va maishiy to‘qimachilik, paypoq mahsulotlari, shuningdek, to‘qimachilik sanoati uchun kimyoviy moddalar va bo‘yoqlar taqdim etiladi.
Tashkilotchilarning maʼlumotlariga ko‘ra, “TextileExpo Uzbekistan” ko‘rgazmasining o‘ziga xos qismi bo‘lgan anʼanaviy Bayer dasturi - aniq biznes natijalariga erishishga qaratilgan platforma: maqsadli B2B uchrashuvlarini o‘tkazish, uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va shartnomalar tuzish rejalashtirilgan.
Mahalliy kompaniyalar uchun bu xalqaro bozorlarga chiqish va eksportni kengaytirishning samarali kanali hisoblanadi. Xaridorlar uchun ko‘rgazmada vaqtdan unumli foydalanish va asosiy yetkazib beruvchilarga ustuvor kirish imkonini beruvchi eksklyuziv ishtirok shartlari mavjud.
“Dunyo” AA
O'xshash yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi
Assalomu alaykum, qadrli vatandoshlar! Hurmatli mehmonlar!
Oʼzbekiston va Serbiya: mehnat mobilligidan inson kapitali sohasidagi strategik sheriklik sari
Serbiya iqtisodiyoti rivojlanib, ayrim tarmoqlarda malakali kadrlarga ehtiyoj ortib borayotgan bir paytda, Oʼzbekiston bilan shakllanayotgan yangi hamkorlik modeli bu ehtiyojni qonuniy, tartibli va ikki davlat institutlari nazoratida taʼminlash imkonini berishi mumkin.
Qoraqalpog‘iston va Xorazmning turizm salohiyati muhokama qilindi
2026-yil 25-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mirvohid Azimov raisligida olimlar, tarixchilar va turizm sohasi ekspertlari ishtirokida Qoraqalpog‘iston va Xorazmning turizm salohiyatini yanada rivojlantirishga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.