Yoshlarga davlat mukofotlari topshirildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 29-iyundagi farmoni va qaroriga muvofiq, oʻz bilimi, isteʼdodi, tashabbuskorligi va fidoyiligi bilan Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshayotgan bir guruh yoshlar “Kelajak bunyodkori” medali va“Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti bilan taqdirlangan edi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 29-iyundagi farmoni va qaroriga muvofiq, oʻz bilimi, isteʼdodi, tashabbuskorligi va fidoyiligi bilan Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshayotgan bir guruh yoshlar “Kelajak bunyodkori” medali va“Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti bilan taqdirlangan edi.
30-iyun – Yoshlar kunida Toshkentdagi Olimpiya shaharchasida ana shu mukofotlarni topshirish marosimi boʻldi.
Davlatimiz rahbari yurtimiz yoshlarining har birida katta salohiyat, isteʼdod va iqtidor borligini qayd etdi.
– Sizlar oʻz davrida buyuk kashfiyotlari bilan dunyo sivilizatsiyasiga ulkan hissa qoʻshgan, Birinchi va Ikkinchi Renessansning “aql chirogʻi” boʻlgan buyuk ajdodlarimizning munosib vorislarisiz. Albatta, vorislik faqat faxrlanish emas, vorislik bu ulkan masʼuliyat hamdir!
Ajdodlarimiz insoniyat taraqqiyoti uchun qanday buyuk ishlar qilgan boʻlsa, sizlar Yangi Oʻzbekistonda yangi uygʻonish davri – Uchinchi Renessans poydevorini yaratadigan kuch boʻlishingiz kerak! – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shundan soʻng Prezidentimiz yoshlarga davlat mukofotlarini topshirdi.
– Butun xalqimiz nomidan bugungi davlat mukofotlari sohiblarini yana bir bor tabriklayman. Mazkur yuksak eʼtirof sizlarni yangi marralar sari yetaklasin! Safingiz yanada kengayaversin! – dedi Oʻzbekiston yetakchisi.
Mukofotlangan yoshlar davlatimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar uchun minnatdorlik bildirib, bundan buyon ham oʻz bilimi, mehnati va tashabbuslari bilan Vatanimiz ravnaqiga munosib hissa qoʻshishga tayyor ekanini taʼkidladi.
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.