O‘zbekiston va Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirlari telefon orqali mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashdilar
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Qirg‘iz Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev bilan telefon orqali muloqot qildi.
25-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Qirg‘iz Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev bilan telefon orqali muloqot qildi.
«Qirg‘iz Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev janoblari bilan telefon orqali mazmunli suhbat qurdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlari barcha jabhalarda misli ko‘rilmagan sur’atlar bilan mustahkamlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdik.
O‘zaro manfaatli mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashib, yaqin hamkorlik va muloqotning muhimligini ta’kidladik».
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.