O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Moskvada bo‘lib o‘tgan MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida ishtirok etdi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Moskvada bo‘lib o‘tgan MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida ishtirok etdi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Moskvada bo‘lib o‘tgan MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida ishtirok etdi.
«Bugun Moskvada Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va Turkmanistondan kelgan hamkasblarim bilan birgalikda MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Uchrashuv davomida global va mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashib, MDH doirasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildik.
Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan qator hujjatlar imzoladik. Ular ijtimoiy rivojlanish va hayot sifatini oshirish, gumanitar va taʼlim sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish, shartnoma-huquqiy bazani takomillashtirish, idoralararo hamkorlikni mustahkamlash masalalarini qamrab oladi.
Shuningdek, savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, jumladan, “yashil” energetika va ekologik kun tartibi hamda zamonaviy geosiyosiy o‘zgarishlar sharoitida mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash masalalariga alohida eʼtibor qaratdik».
O'xshash yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi
Assalomu alaykum, qadrli vatandoshlar! Hurmatli mehmonlar!
Oʼzbekiston va Serbiya: mehnat mobilligidan inson kapitali sohasidagi strategik sheriklik sari
Serbiya iqtisodiyoti rivojlanib, ayrim tarmoqlarda malakali kadrlarga ehtiyoj ortib borayotgan bir paytda, Oʼzbekiston bilan shakllanayotgan yangi hamkorlik modeli bu ehtiyojni qonuniy, tartibli va ikki davlat institutlari nazoratida taʼminlash imkonini berishi mumkin.
Qoraqalpog‘iston va Xorazmning turizm salohiyati muhokama qilindi
2026-yil 25-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mirvohid Azimov raisligida olimlar, tarixchilar va turizm sohasi ekspertlari ishtirokida Qoraqalpog‘iston va Xorazmning turizm salohiyatini yanada rivojlantirishga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.