O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Singapur biznes federatsiyasida bo‘lib o‘tgan davra suhbatida qatnashdi
22-iyun kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Singapur biznes federatsiyasida mamlakatning yetakchi ishbilarmon doiralari va yirik kompaniyalari vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan davra suhbatida ishtirok etdi.
22-iyun kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Singapur biznes federatsiyasida mamlakatning yetakchi ishbilarmon doiralari va yirik kompaniyalari vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan davra suhbatida ishtirok etdi.
“Singapur biznes federatsiyasida mamlakatning yetakchi ishbilarmon doiralari va yirik kompaniyalari rahbarlari bilan davra suhbati o‘tkazdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Tadbirda “Wilmar International”, “Indorama Corporation”, “Singapore Technologies Engineering”, “Meta”, “Franklin Templeton”, “StoneX”, “Meinhardt”, “Quest Ventures”, “Investbanq”, “Global Finance & Technology Network”, “TASCA” hamda boshqa kompaniyalarning rahbar va vakillari ishtirok etdi.
Suhbat davomida sun’iy intellekt, venchur investitsiyalari, ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari, “aqlli shaharlar”, raqamli infratuzilma va ta’lim sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari yuzasidan atroflicha fikr almashdik.
Singapur ishbilarmon doiralari O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, qulay investitsiya muhitini shakllantirish, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish hamda ilg‘or texnologiyalarni joriy etish borasidagi sa’y-harakatlarni yuksak baholadi.
Mazkur davra suhbatining yuqori saviyada tashkil etilishiga qo‘shgan hissasi uchun Singapur biznes federatsiyasi ijrochi direktori Samantha Teoga hamda barcha singapurlik do‘stlarimizga samimiy minnatdorlik bildiramiz”.
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.