O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri BMT Bosh kotibi o‘rinbosari bilan uchrashdi
4-noyabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, BMT Aksilterror boshqarmasi rahbari Aleksandr Zuyev bilan uchrashdi.
4-noyabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, BMT Aksilterror boshqarmasi rahbari Aleksandr Zuyev bilan uchrashdi.
«Bugun Vazirlikda BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi rahbari Aleksandr Zuyev bilan uchrashishdan mamnunmiz, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Muloqot davomida O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi hamkorlik, xususan, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish sohasidagi o‘zaro aloqalarni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildik.
Ikki tomonlama imzolangan “Yo‘l xaritasi”dagi vazifalarni izchil amalga oshirish, fuqarolarni reabilitatsiya va reintegratsiya qilish bo‘yicha O‘zbekiston tajribasi hamda mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan taklif va tashabbuslarga alohida e’tibor qaratdik.
Mintaqaviy xavfsizlik, shuningdek, diniy bag‘rikenglik va madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish masalalari yuzasidan ham fikr almashdik».
O'xshash yangiliklar
Аnqaradagi uchrashuv va muzokaralar Oʼzbekiston iqtisodiy diplomatiyasida yangi sahifa ochmoqda
Oʼzbekiston Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat institutining Iqtisodiy sohada qonunchilik shoʼbasi mudiri, professor Komil Rashidov “Dunyo” ААga Prezident Shavkat Mirziyoevning Turkiyaga amaliy tashrifi va Turkiy davlatlar tashkiloti sammitidagi ishtiroki haqida fikr bildirdi.
UNESCO Ijroiya kengashi Oʼzbekiston tomonidan madaniy merosni avaylab asrash boʼyicha ilgari surilgan tashabbusni qoʼllab-quvvatladi
Parijda boʼlib oʼtgan UNESCO Ijroiya kengashining 225-sessiyasi konsensus asosida Oʼzbekiston tomonidan ilgari surilgan «Globalizatsiya va iqlim oʼzgarishi sharoitida madaniy merosni saqlash chora-tadbirlari samaradorligini oshirish» nomli qaror loyihasini maʼqulladi.
Oʼzbekiston tashabbuslari turkiy davlatlar hamkorligi uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda
Oʼzbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) direktori oʼrinbosari Baxtiyor Mustafoev “Dunyo” ААga bergan intervьyusida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoevning 2026-yil 30-oktyabr kuni Аnqara shahrida boʼlib oʼtgan Turkiy davlatlar tashkiloti sammitidagi ishtiroki xususida fikr bildirdi.