UNESCO Ijroiya kengashi Oʼzbekiston tomonidan madaniy merosni avaylab asrash boʼyicha ilgari surilgan tashabbusni qoʼllab-quvvatladi
Parijda boʼlib oʼtgan UNESCO Ijroiya kengashining 225-sessiyasi konsensus asosida Oʼzbekiston tomonidan ilgari surilgan «Globalizatsiya va iqlim oʼzgarishi sharoitida madaniy merosni saqlash chora-tadbirlari samaradorligini oshirish» nomli qaror loyihasini maʼqulladi.
Parijda boʼlib oʼtgan UNESCO Ijroiya kengashining 225-sessiyasi konsensus asosida Oʼzbekiston tomonidan ilgari surilgan «Globalizatsiya va iqlim oʼzgarishi sharoitida madaniy merosni saqlash chora-tadbirlari samaradorligini oshirish» nomli qaror loyihasini maʼqulladi.
Ushbu muhim tashabbus Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan 2025-yil 30-oktyabrь kuni Samarqand shahrida boʼlib oʼtgan UNESCO Bosh konferentsiyasining 43-sessiyasi ochilish marosimida ilgari surilgan edi.
Zamonaviy dunyo shiddat bilan oʼzgarmoqda. Globalizatsiya jarayonlari, shaharsozuvlik surʼatlarining ortishi, ekologik degradatsiya va ekstremal iqlim oʼzgarishlari asrlar davomida saqlanib kelgan tarixiy obidalar, madaniy landshaftlar hamda anʼanaviy bilimlarni jiddiy xavf ostida qoldirmoqda. Аnʼanaviy usulda shakllangan ekotizimlarning buzilishi, tabiiy ofatlarning koʼpayishi, urbanizatsiya jarayonlarining nazoratsiz kengayishi nafaqat tabiat, balki asrlar davomida yaratilgan moddiy va nomoddiy madaniy meros obʼektlariga ham tuzatib boʼlmas zarar yetkazmoqda.
UNESCO ekspertlarining tahlillariga koʼra, iqlim oʼzgarishi oqibatida yuzaga kelayotgan ekstremal ob-havo sharoitlari tarixiy obidalar, arxeologik yodgorliklar, noyob madaniy landshaftlar hamda mahalliy xalqlarning asriy bilimlarini xavf ostida qoldirmoqda.
Tashabbusning bosh gʼoyasi ham aynan mana shu real tahdidlarga qarshi qaratilgan boʼlib, u mavjud muammolarga tizimli, ilmiy asoslangan va kompleks yondashish zarurligini qatʼiy koʼrsatib berdi.
Qabul qilingan rezolyutsiya loyihasining muvaffaqiyati uning jahon miqyosidagi keng koʼlamli qoʼllab-quvvatlovida yaqqol namoyon boʼldi. Dunyoning 55 ta davlati, jumladan Ijroiya kengashining 24 ta aʼzosi (Ozarbayjon, Аlbaniya, Misr, Indoneziya, Qatar, Qirgʼiziston, Panama, Tojikiston, Tailand, Turkiya va boshqalar) mazkur hujjatning hammualliflari qatoriga kirdi.
Bunday keng geografiya va faol ishtirok xalqaro diplomatiyada kam uchraydigan hodisa boʼlib, Oʼzbekiston ilgari surgan tashabbusning barcha mintaqalar uchun birdek muhim va manfaatli ekanini tasdiqlaydi.
Muhokamalar jarayonida qator davlatlarning delegatlari Prezident Shavkat Mirziyoevning tashabbusi oʼz vaqtida ilgari surilgani, uning amaliy ahamiyati gʼoyat yuqori ekani hamda UNESCOning ustuvor maqsadlariga toʼla mos kelishini alohida qayd etidi. Xususan, hujjatda mahalliy jamoalar va tub aholining anʼanaviy bilimlariga tayanish, ochiq fan hamda raqamli texnologiyalardan foydalangan holda iqlim risklarini oldindan bashorat qilish va monitoring olib borish mexanizmlarining kiritilgani xalqaro ekspertlar tomonidan yuqori baholandi.
Ushbu yondashuv UNESCOning Mexiko va Barselona shaharlarida boʼlib oʼtgan madaniyat va barqaror rivojlanish sohasidagi siyosat masalalariga bagʼishlab oʼtkazilgan Mondiakulьt-2022 va Mondiakulьt-2025 butunjahon konferentsiyalarining yakuniy deklaratsiyalari ruhiga toʼla mos kelib, madaniyat va iqlim oʼzgarishiga qarshi kurash orasidagi uzviy bogʼliqlikni yangi bosqichga koʼtaradi.
Qabul qilingan qarorning eng muhim amaliy natijalaridan biri sifatida, 2027-yilda Oʼzbekistonning qadimiy Xiva shahrida UNESCO shafeʼligi ostida madaniy meros va iqlim oʼzgarishi masalalariga bagʼishlangan xalqaro simpoziuzni oʼtkazish maʼqullanganini koʼrsatish mumkin.
Koʼplab davlatlar vakillari Oʼzbekiston tomoniga ushbu nufuzli xalqaro forumga mezbonlik qilishga tayyor ekani uchun minnatdorlik izhor etdi. Xiva simpoziumi nafaqat dunyoning yetakchi olimlari, ekspertlari va siyosatchilarini bir joyga jamlaydigan ilmiy platforma, balki iqlim oʼzgarishlarining madaniy merosga salbiy taʼsirini yumshatish boʼyicha konkret amaliy qadamlar ishlab chiqiladigan markazga aylanishi kutilmoqda.
UNESCO Ijroiya kengashi tomonidan Oʼzbekiston Prezidentining tashabbusi bilan mazkur muhim hujjatning qabul qilinishi mamlakatning global madaniy-gumanitar jarayonlardagi yetakchilik rolini yaqqol namoyon etdi. Globalizatsiya va iqlim oʼzgarishlari davrida tarixiy hamda madaniy merosni asrab-avaylash faqat bitta hududning emas, balki butun jahon hamjamiyatining umumiy burchi ekani Parijda yana bir bor oʼz tasdigʼini topdi.
Xiva shahrida oʼtkazilishi rejalashtirilayotgan xalqaro simpozium esa mazkur global kun tartibini amaliy harakatlarga aylantiruvchi muhim tarixiy bosqich boʼlib xizmat qiladi.
Sadriddin Suyarov,
“Dunyo” АА
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston tashabbuslari turkiy davlatlar hamkorligi uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda
Oʼzbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) direktori oʼrinbosari Baxtiyor Mustafoev “Dunyo” ААga bergan intervьyusida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoevning 2026-yil 30-oktyabr kuni Аnqara shahrida boʼlib oʼtgan Turkiy davlatlar tashkiloti sammitidagi ishtiroki xususida fikr bildirdi.
Pokiston kompaniyasi Yangi Toshkentda yirik koʼchmas mulk va kompleks development investitsiya loyihalarida ishtirok etishi mumkin
Oʼzbekiston elchisi Аlisher Toʼxtaev Pokistonning «IMARAT Group» kompaniyasi rahbari Аkbar Shafik bilan muzokara oʼtkazdi.
Özbekiston – Bahrayn siyosiy maslahatlaşuvlarning ilk davrasi Manamada bölib ötdi
2026-yil 1-noyabr kuni Manama şahrida Özbekiston Respublikasi va Bahrayn Podşohligi taşqi işlar vazirliklari örtasidagi siyosiy maslahatlaşuvlarning birinçi davrasi bölib ötdi.