O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Singapur Bosh vaziri bilan uchrashdi
22-iyun kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Singapur Bosh vaziri Lourens Vong bilan uchrashdi.
22-iyun kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Singapur Bosh vaziri Lourens Vong bilan uchrashdi.
«Cingapur Respublikasi Bosh vaziri Lourens Vong Janobi Oliylari bilan uchrashishdan mamnunmiz, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Avvalo, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylarining samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdik.
O‘zbekiston va Cingapur iqtisodiy taraqqiyot, samarali davlat boshqaruvi, innovatsiyalar va inson kapitaliga sarmoya kiritish sohalarida mushtarak maqsadlarga ega ekanini ta’kidladik.
Cingapurning taraqqiyot modeli va davlat institutlarini shakllantirish tajribasi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar bilan hamohang ekanini qayd etdik.
Shu nuqtayi nazardan, ta’lim, raqamli transformatsiya, moliya, innovatsiyalar va zamonaviy boshqaruv sohalarida amaliy hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha fikr almashdik.
Bugungi muzokaralar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlash va yangi mazmun bilan boyitish uchun mustahkam zamin yaratishiga ishonamiz».
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.