O‘mon Bosh vaziri o‘rinbosari devoni Bosh kotibi bilan uchrashuv to‘g‘risida
2026-yil 1-iyul kuni Masqat shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev O‘mon Sultonligi iqtisodiy masalalar bo‘yicha Bosh vaziri o‘rinbosari devoni Bosh kotibi Ya’rub bin Abdulloh al-Ya’rubiy bilan uchrashuv o‘tkazdi.
2026-yil 1-iyul kuni Masqat shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev O‘mon Sultonligi iqtisodiy masalalar bo‘yicha Bosh vaziri o‘rinbosari devoni Bosh kotibi Ya’rub bin Abdulloh al-Ya’rubiy bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida O‘zbekiston va O‘mon o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamda sanoat sohalaridagi keng ko‘lamli, o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada kengaytirish istiqbollari atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, ikki mamlakatning iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish, ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish, kelishilgan tashabbuslarni amaliy bosqichga olib chiqish bo‘yicha yaqin hamkorlikni davom ettirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.