Serbiyaning mehnat, bandlik, faxriylar va ijtimoiy siyosat vaziri bilan uchrashuv to‘g‘risida
19-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev Serbiya Respublikasining mehnat, bandlik, faxriylar va ijtimoiy siyosat vaziri Milisa Stamenkovski bilan uchrashdi.
19-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev Serbiya Respublikasining mehnat, bandlik, faxriylar va ijtimoiy siyosat vaziri Milisa Stamenkovski bilan uchrashdi.
M.Stamenkovski O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni yuksak baholab, ikki tomonlama hamkorlik izchil rivojlanayotganini ta’kidladi.
Muloqot davomida mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlik, migratsiya bo‘yicha hukumatlararo bitimni imzolash, viza tartib-taomillarini soddalashtirish hamda noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish masalalari yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi.
Tomonlar o‘zaro sheriklikni mustahkamlash va qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishga tayyor ekanligini bildirdi.
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.