Sulton Qobus nomidagi Madaniyat va fan bo‘yicha Oliy markaz raisi bilan uchrashuv to‘g‘risida
2026-yil 1-iyul kuni Masqat shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Sulton Qobus nomidagi Madaniyat va fan bo‘yicha Oliy markaz raisi Habib al Riyamiy bilan uchrashdi.
2026-yil 1-iyul kuni Masqat shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Sulton Qobus nomidagi Madaniyat va fan bo‘yicha Oliy markaz raisi Habib al Riyamiy bilan uchrashdi.
Muzokaralar davomida madaniyat, ilm-fan va ta’lim sohalaridagi hamkorlikni yanada mustahkamlash istiqbollari, yangi qo‘shma tashabbuslarni hayotga tadbiq etish masalalari batafsil muhokama qilindi.
Ikki mamlakat tegishli ilmiy va madaniy muassasalari bilan o‘zaro hamkorlikni kengaytirish ilmiy anjumanlar, ko‘rgazmalar va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish, ta’lim grantlarini taqdim qilish, shuningdek, O‘zbekiston va O‘monning boy tarixiy-madaniy merosini keng targ‘ib qilishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan fikr almashildi.
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.