Filippin elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida
2026-yil 14-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mirvohid Azimov Filippin Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Tehron shahrida) Roberto Manalo bilan uchrashuv o‘tkazdi.
2026-yil 14-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mirvohid Azimov Filippin Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Tehron shahrida) Roberto Manalo bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida O‘zbekiston–Filippin hamkorligining holati va istiqbollari, siyosiy muloqotni mustahkamlash, shuningdek, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Filippin tomoni O‘zbekiston bilan o‘zaro manfaatli munosabatlarni izchil rivojlantirishdan manfaatdorligini tasdiqladi.
Tomonlar, qishloq xo‘jaligi, kimyo va oziq-ovqat sanoati, turizm sohalarida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikning salmoqli salohiyatini qayd etdi. Ikki mamlakat savdo-sanoat palatalari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Turistik almashinuvlarni rivojlantirish va transport o‘zaro bog‘liqligini kuchaytirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Xususan, O‘zbekiston va Filippin o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovni yo‘lga qo‘yish hamda turizm sohasi vakillarining o‘zaro tanishuv safarlarini tashkil etish istiqbollari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston–Filippin munosabatlarini yanada rivojlantirish va o‘zaro manfaatli aniq loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikdagi ishlarni davom ettirishga o‘zaro tayyorlik tasdiqlandi.
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.