Germaniya Federativ Respublikasi elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Germaniya Federativ Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Manfred Huterer bilan uchrashdi.
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Germaniya Federativ Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Manfred Huterer bilan uchrashdi.
Muloqot davomida O‘zbekiston va Germaniya hamkorligining siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamda madaniy-gumanitar sohalardagi joriy holati va istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi, jumladan o‘zaro savdoni kengaytirish, investitsiyalarni jalb etish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash va faollashtirish muhimligi qayd etildi.
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.