Oʻzbekiston delegatsiyasining Kanadaga tashrifi to‘g‘risida
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Olimjon Abdullayev boshchiligidagi delegatsiya mamlakatimizning AQShdagi elchixonasi koʻmagida Ottava va Toronto shaharlarida Kanada davlat idoralari, ishbilarmon doiralar hamda oʻzbek diasporasi vakillari bilan uchrashuv va muzokaralar oʻtkazdi.
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Olimjon Abdullayev boshchiligidagi delegatsiya mamlakatimizning AQShdagi elchixonasi koʻmagida Ottava va Toronto shaharlarida Kanada davlat idoralari, ishbilarmon doiralar hamda oʻzbek diasporasi vakillari bilan uchrashuv va muzokaralar oʻtkazdi.
Tashrifning markaziy qismi Kanada Tashqi ishlar vazirligida o‘tkazildi. Uchrashuv davomida taraflar ikki tomonlama munosabatlarning barqaror ijobiy rivojlanayotganini qayd etib, ularni yanada chuqurlashtirishdan oʻzaro manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar.
Xorij tomoni mintaqaviy va xalqaro kun tartibi doirasida hamkorlikni faollashtirishga tayyorligini bildirdi. Shuningdek, parlamentlararo aloqalar, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirishni qoʻllab-quvvatladi.
Kanada Bandlik va ijtimoiy rivojlanish vazirligida o‘tkazilgan uchrashuv mazmunli va konstruktiv ruhda bo‘lib oʻtdi. Unda konsullik-huquqiy faoliyat sohasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Muloqotlarning muhim qismidan Torontoda biznes vakillari va oʻzbek diasporasi ishtirokida oʻtkazilgan tadbirlar o‘rin oldi. Unda Kanadada yashayotgan Oʻzbekiston fuqarolariga taalluqli dolzarb masalalar va ularni hal etish yoʻllari muhokama qilindi. Shuningdek, vatandoshlar forumi oʻtkazilishi avlodlar oʻrtasidagi munosabatlarni mustahkamlash, yoshlar oʻrtasida ona tilini va milliy anʼanalarni asrab-avaylashga qaratilgan madaniy-maʼrifiy tashabbuslarni kengaytirishdagi ahamiyati alohida taʼkidlandi.
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.