Investitsiyalar, tashqi iqtisodiy aloqalar va aholi murojaatlari bilan ishlash masalalari muhokama qilindi
Mamlakatimizda Davlatimiz Rahbari boshchiligida hududlarni kompleks rivojlantirish, tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, investitsiyalarni faol jalb qilish va aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan vazifalar izchil amalga oshirilmoqda.
Mamlakatimizda Davlatimiz Rahbari boshchiligida hududlarni kompleks rivojlantirish, tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, investitsiyalarni faol jalb qilish va aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan vazifalar izchil amalga oshirilmoqda.
Ushbu ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlash, joylardagi mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish hamda tashqi iqtisodiy hamkorlik mexanizmlarini hududlar manfaatiga yoʻnaltirish maqsadida Tashqi ishlar vazirligi tomonidan manzilli ishlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, joriy yilning 7 – 8-may kunlari Tashqi ishlar vazirligi vakillari Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida xizmat safarida boʻldi.
Tashriflar doirasida viloyat hokimliklari rahbariyati bilan uchrashuvlar oʻtkazilib, hududlarning 2026-yilga moʻljallangan ijtimoiy-iqtisodiy dasturlari, sanoat, eksport, turizm va investitsiya sohalaridagi istiqbolli yoʻnalishlar muhokama qilindi.
May iyun oylarida Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari delegatsiyalarining xorij davlatlariga rejalashtirilgan biznes tashriflarini samarali tashkil etish yuzasidan fikr almashildi. Shu bilan birga, Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan diplomatik vakolatxonalar va xalqaro tashkilotlar vakillarining hududlarga tashriflarini tashkil etish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Xizmat safarlari doirasida bir qator sanoat korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Tadbirkorlar bilan muloqotlar chogʻida xorijiy mutaxassislar uchun viza rasmiylashtirish, tashqi bozorlarga chiqish, eksport geografiyasini kengaytirish, biznes-missiyalar tashkil etish va yangi xorijiy hamkorlar topish bilan bogʻliq masalalar koʻtarildi. Mazkur yoʻnalishlarda amaliy koʻmak koʻrsatish boʻyicha tegishli kelishuvlarga erishildi.
Shuningdek, har ikki hududda Xalq qabulxonalari binolarida “sayyor qabul”lar tashkil etildi. Qabullar davomida mehnat migratsiyasi, konsullik-huquqiy yordam, xorijga chiqish hujjatlarini rasmiylashtirish, fuqarolik va chet ellarda murakkab vaziyatga tushib qolgan yurtdoshlar bilan bogʻliq murojaatlar qabul qilindi.
Har bir murojaat atroflicha oʻrganilib, fuqarolarga amaldagi qonunchilik asosida huquqiy tushuntirishlar berildi. Qoʻshimcha oʻrganish talab etilgan masalalar tegishli diplomatik vakolatxonalar va masʼul idoralarga yuborilib, nazoratga olindi.
Tashriflar yakunlari boʻyicha hududlarning tashqi iqtisodiy faolligini oshirish, investitsiya loyihalarini qoʻllab-quvvatlash, eksportni ragʻbatlantirish hamda aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli kelishuvlarga erishildi.
O'xshash yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi
Assalomu alaykum, qadrli vatandoshlar! Hurmatli mehmonlar!
Oʼzbekiston va Serbiya: mehnat mobilligidan inson kapitali sohasidagi strategik sheriklik sari
Serbiya iqtisodiyoti rivojlanib, ayrim tarmoqlarda malakali kadrlarga ehtiyoj ortib borayotgan bir paytda, Oʼzbekiston bilan shakllanayotgan yangi hamkorlik modeli bu ehtiyojni qonuniy, tartibli va ikki davlat institutlari nazoratida taʼminlash imkonini berishi mumkin.
Qoraqalpog‘iston va Xorazmning turizm salohiyati muhokama qilindi
2026-yil 25-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mirvohid Azimov raisligida olimlar, tarixchilar va turizm sohasi ekspertlari ishtirokida Qoraqalpog‘iston va Xorazmning turizm salohiyatini yanada rivojlantirishga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.