Koreya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida o‘tkazilgan uchrashuv to‘g‘risida
Joriy yil 9-aprel kuni “5+1” formatidagi tashqi ishlar vazir o‘rinbosarlari yig‘ilishida ishtirok etish doirasida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev Koreya Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Lim Sang U bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Joriy yil 9-aprel kuni “5+1” formatidagi tashqi ishlar vazir o‘rinbosarlari yig‘ilishida ishtirok etish doirasida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev Koreya Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Lim Sang U bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Konsullik-huquqiy yo‘nalishdagi ikki tomonlama hamkorlik masalalari, jumladan migratsiya sohasidagi hamkorlik, shuningdek, konsullik muassasalari o‘rtasida bevosita hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va ikki mamlakat tashqi ishlar idoralari o‘rtasida navbatdagi konsullik maslahatlashuvlarini o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash masalalari yuzasidan ham fikr almashdi hamda amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirishga qiziqish bildirildi.
Uchrashuv yakunida yuqorida qayd etilgan yo‘nalishlarda konstruktiv muloqotni davom ettirish va hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.