O‘zbekiston va Ozarbayjon tashqi ishlar vazirlari telefon orqali muloqotda ikki va ko‘p tomonlama kun tartibidagi masalalarni muhokama qildilar
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jayhun Bayramov bilan telefon orqali muloqot qildi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jayhun Bayramov bilan telefon orqali muloqot qildi.
«Ozarbayjon Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov janoblari bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida.– O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini har tomonlama rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildik. Shuningdek, turli darajadagi bo‘lajak tadbirlar jadvali yuzasidan fikr almashdik. Savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-logistika, energetika hamda o‘zaro manfaatli boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga alohida e’tibor qaratdik. Ikki va ko‘p tomonlama kun tartibidagi boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqdik».
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.