O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Madridda Ispaniya Senati raisining birinchi o‘rinbosari bilan uchrashdi
7-aprel kuni Madrid shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiya Ispaniya Senati raisining birinchi oʻrinbosari Xavyer Ignasio Maroto bilan uchrashuv oʻtkazdi.
7-aprel kuni Madrid shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiya Ispaniya Senati raisining birinchi oʻrinbosari Xavyer Ignasio Maroto bilan uchrashuv oʻtkazdi.
«Madrid shahrida Ispaniya Senati raisining birinchi o‘rinbosari Xavyer Ignasio Maroto janoblari bilan samarali uchrashuv o‘tkazdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Parlamentlararo muloqotni mustahkamlash, qonun chiqaruvchi idoralar o‘rtasida muntazam almashinuvlarni rivojlantirish masalalarini muhokama qildik.
Shu o‘rinda aloqalarimizda, ayniqsa iqtisodiy diplomatiya yo‘nalishida ro‘yobga chiqarilishi zarur bo‘lgan ulkan salohiyat mavjudligini taʼkidladik.
Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi uzoq o‘tmishga borib taqaladigan sheriklik o‘zaro hurmat, ishonch va umumiy qadriyatlar ruhida mustahkamlanib boraveradi».
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.