O‘zbekiston va Turkiya tashqi ishlar vazirlari telefon orqali muloqot o‘tkazdi
25-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi.
25-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi.
Muloqot davomida kengayib borayotgan ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi, Oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosini ta’minlashning amaliy mexanizmlari ko‘rib chiqildi, shuningdek, bo‘lajak qo‘shma tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.
Yaqin Sharqdagi vaziyatga to‘xtalib, mavjud masalalarni faqat muloqot va diplomatik yo‘llar orqali hal etilishi zarurligi ta’kidlandi.
Suhbat yakunida strategik sheriklikni yanada rivojlantirish va uning salohiyatidan to‘liq foydalanish bo‘yicha qo‘shma sa’y-harakatlarni kuchaytirishga kelishib olindi.
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.