O‘zbekiston va Pokiston TIV rahbarlari telefon orqali muloqot qildilar
O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Pokiston Bosh vaziri o‘rinbosari va Tashqi ishlar vaziri, senator Muhammad Ishoq Dar bilan telefon orqali muloqot qildi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Pokiston Bosh vaziri o‘rinbosari va Tashqi ishlar vaziri, senator Muhammad Ishoq Dar bilan telefon orqali muloqot qildi.
“Pokiston Islom Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari va tashqi ishlar vaziri Muhammad Is’hoq Dar janoblari bilan telefon orqali samarali muloqot o‘tkazdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Suhbat davomida hamkasbim O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylarining Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif Janobi Oliylariga Amerika Qo‘shma Shtatlari va Eron Islom Respublikasi o‘rtasida imzolangan Anglashuv memorandumi hamda Pokistonning mazkur jarayondagi faol mediatorlik sa’y-harakatlarini e’tirof etib yo‘llagan maktubi uchun samimiy minnatdorlik bildirdi. Muzokaralarning keyingi bosqichlari ham konstruktiv ruhda davom etishi, erishilgan kelishuvlarning samarali amalga oshirilishi esa mintaqaviy xavfsizlik, barqarorlikni yana-da mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirdik. Ikki birodar mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish manfaatlaridan kelib chiqqan holda tashqi siyosiy idoralarimiz o‘rtasidagi yaqin, ishonchli va muntazam muloqotni davom ettirishga kelishib oldik”.
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.