O‘zbekiston va O‘mon tashqi ishlar vazirlari telefon orqali muloqot qildi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun O‘mon tashqi ishlar vaziri Said Badr bin Hamad Al-Busaidiy bilan telefon orqali muloqot qildi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun O‘mon tashqi ishlar vaziri Said Badr bin Hamad Al-Busaidiy bilan telefon orqali muloqot qildi.
“O‘mon Sultonligi tashqi ishlar vaziri Said Badr bin Hamad Al-Busaidiy bilan telefon orqali mazmunli suhbat bo‘lib o‘tdi, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – O‘zbekiston va O‘mon o‘rtasidagi munosabatlarni savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamda madaniy-gumanitar sohalarda yana-da kengaytirish yo‘llarini muhokama qildik.
Bo‘lajak tadbirlar kun tartibini ko‘rib chiqdik hamda mavjud salohiyatni ro‘yobga chiqarishga alohida eʼtibor qaratdik.
Muzokaralar davomida mintaqaviy va xalqaro masalalar, jumladan, Yaqin Sharqdagi vaziyat bo‘yicha ham fikr almashdik”.
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.