O‘zbekiston va Hindiston TIV rahbarlari telefon orqali muloqot chog‘ida bo‘lajak oliy va yuqori darajadagi tadbirlar jadvalini muhokama qildilar
20-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Hindiston tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar bilan telefon orqali muloqot qildi.
20-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Hindiston tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar bilan telefon orqali muloqot qildi.
«Hindiston tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar janoblari bilan telefon orqali mazmunli muloqot o‘tkazdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi strategik sheriklikka asoslangan ikki tomonlama munosabatlarimiz barcha jabhalarda rivojlanayotganiga alohida eʼtibor qaratdik.
Shuningdek, oliy va yuqori darajada bo‘lajak ikki tomonlama tadbirlar jadvali hamda xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni yana-da mustahkamlash yuzasidan fikr almashdik.
Tashqi siyosiy idoralarimiz o‘rtasidagi yaqin, ishonchli va muntazam muloqotni davom ettirishga kelishib oldik».
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.