O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Turkiy investitsiya fondi prezidentini qabul qildi
5-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Turkiy investitsiya fondi prezidenti Bagʻdod Amreyevni qabul qildi.
5-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Turkiy investitsiya fondi prezidenti Bagʻdod Amreyevni qabul qildi.
«Bugun Tashqi ishlar vazirligida Turkiy investitsiya fondi prezidenti Bagʻdod Amreyev janoblarini qabul qildik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Uchrashuv davomida Turkiy investitsiya fondi doirasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, qoʻshma investitsiya loyihalarini ilgari surish va mintaqaviy iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash masalalarini muhokama qildik.
Fond imkoniyatlaridan samarali foydalanish orqali savdo-iqtisodiy sheriklikni kengaytirish, ustuvor tarmoqlarda yangi tashabbuslarni amalga oshirish boʻyicha fikr almashdik».
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.