O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Germaniya Tashqi ishlar vazirligining Yevropa ishlari bo‘yicha davlat vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi
3-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Germaniya Tashqi ishlar vazirligining Yevropa ishlari bo‘yicha davlat vaziri Gyunter Krixbaum bilan uchrashuv o‘tkazdi.
3-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Germaniya Tashqi ishlar vazirligining Yevropa ishlari bo‘yicha davlat vaziri Gyunter Krixbaum bilan uchrashuv o‘tkazdi.
«Germaniya Tashqi ishlar vazirligining Yevropa ishlari boʻyicha davlat vaziri Gyunter Krixbaum janoblari bilan uchrashishdan mamnunmiz, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Oʻzbekiston va Germaniya tashqi ishlar vazirliklari Oliy darajada erishilgan barcha kelishuvlarni oʻz vaqtida va samarali amalga oshirish uchun yaqindan hamkorlik qilmoqda.
Muloqotimiz davomida yaqinda boʻlib oʻtgan “Markaziy Osiyo – Germaniya” formatidagi vazirlar uchrashuvi natijalarini yuqori baholab, savdo, investitsiya va iqtisodiy aloqalarni kengaytirish masalalariga alohida e'tibor qaratdik. Mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan ham fikr almashdik.
Hamkorligimiz oʻzaro ishonch, umumiy manfaatlar va amaliy natijalarga intilish asosida rivojlanib bormoqda».
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.