O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri bilan telefon orqali muloqot qildi
Bugun O‘zbekiston va Ozarbayjon tashqi ishlar vazirlari Baxtiyor Saidov va Jeyhun Bayramov o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi.
Bugun O‘zbekiston va Ozarbayjon tashqi ishlar vazirlari Baxtiyor Saidov va Jeyhun Bayramov o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi.
“Ozarbayjon Respublikasi tashqi ishlar vaziri, aziz birodarim Jeyhun Bayramov janoblari bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Suhbat davomida Ozarbayjondagi barcha do‘stlarimizni Iyd al-Fitr va Navro‘z bayramlari bilan samimiy tabriklab, ularga tinchlik, farovonlik va ravnaq tiladik.
O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi strategik ittifoqchilikka asoslangan munosabatlar Davlatlarimiz Rahbarlari belgilab bergan yuksak darajadagi muloqot tufayli misli ko‘rilmagan sur’atlarda rivojlanayotganini alohida ta’kidladik.
Shu bilan birga, ikki tomonlama hamkorlik masalalari, shuningdek, mintaqaviy va global kun tartibidagi dolzarb jarayonlar, jumladan, Yaqin Sharqdagi vaziyat yuzasidan fikr almashdik.
Barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash, o‘zaro manfaatli barcha yo‘nalishlarda yaqin hamkorlikni davom ettirish muhimligini qayd etdik”.
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.