O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Pokiston Bosh vaziri o‘rinbosari va tashqi ishlar vaziri bilan telefon orqali muloqot qildi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Pokiston bosh vaziri o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri, senator Muhammad Isʼhoq Dar bilan telefon orqali muloqot qildi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Pokiston bosh vaziri o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri, senator Muhammad Isʼhoq Dar bilan telefon orqali muloqot qildi.
«Pokiston Islom Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari va tashqi ishlar vaziri, senator Muhammad Isʼhoq Dar janoblari bilan telefon orqali muloqot qildik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Pokistonning Yaqin Sharqdagi mojaroni yumshatish borasidagi saʼy-harakatlarini yuqori baholaymiz. Xususan, mazkur hudud qarama-qarshilik maydoniga aylanib qolmasligi lozimligini qayd etdik.
Islomobod va Pekin tomonidan birgalikda ilgari surilgan mintaqaviy tinchlik va barqarorlik yo‘lidagi besh banddan iborat tashabbusni, shuningdek, muloqot va diplomatik sheriklikning ustuvorligini taʼkidlovchi umumiy pozitsiyalarini olqishladik.
Pokiston-Afg‘oniston chegarasidagi vaziyat yuzasidan fikr almashdik, keskinlikni yumshatish bo‘yicha ko‘rilayotgan saʼy-harakatlarni ijobiy baholab, masalalarni diplomatik yo‘llar orqali hal etish bo‘yicha muloqotni davom ettirish muhimligini taʼkidladik».
O'xshash yangiliklar
Oʼzbekiston turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni amaliy bosqichga oʼtkazdi
Turkiy davlatlar tashkilotining Аnqarada oʼtkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti arafasida tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun kasb etmoqda.
Turkiy dunyoda suv xavfsizligi: mushtarak manfaatlar va umumiy yechimlar
Suv — millat va davlat chegaralarini tan olmaydigan, xalqlarni oʼzaro bogʼlaydigan ulugʼ neʼmat. Iqlim oʼzgarishi, aholi va iqtisodiyotning oʼsishi, qurgʼoqchilik davrlarining uzayishi, muzliklarning qisqarishi, suv manbalarining ifloslanishi va suvga boʼlgan talabning ortishi mamlakatlardan bu hayotiy resursga munosabatni tubdan qayta koʼrib chiqishni talab etmoqda.
Markaziy Osiyoda siyosiy oʼzaro ishonch iqtisodiy kapitalga aylanmoqda
Markaziy Osiyoda soʼnggi yillarda roʼy berayotgan oʼzgarishlarni oddiy diplomatik yaqinlashuv deb baholash qiyin. Bu jarayon mintaqaning iqtisodiy manzarasini ham oʼzgartirmoqda.