O‘zbekiston hududlarida tadbirkorlik faoliyati birinchi chorakda o‘sishni ko‘rsatdi – Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
O‘zbekiston hududlarida tadbirkorlik faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha o‘tkazilgan kompleks monitoring barcha muhim mezonlar kesimida o‘sish kuzatilganini ko‘rsatmoqda.
O‘zbekiston hududlarida tadbirkorlik faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha o‘tkazilgan kompleks monitoring barcha muhim mezonlar kesimida o‘sish kuzatilganini ko‘rsatmoqda.
Toshkent, 24-aprel 2026-y. Soliq va Bojxona qo‘mitalari, Markaziy bank hamda Respublika tovar-xom ashyo birjasining tezkor maʼlumotlariga ko‘ra, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi O‘zbekiston Respublikasi hududlarida tadbirkorlik faoliyatini monitoring qilib bormoqda.
Joriy yil mart oyi yakunlariga ko‘ra, soliq tushumlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 54%ga o‘sib, barqaror ijobiy dinamikani namoyon etdi.
Eng katta o‘sish Navoiy, Sirdaryo, Toshkent va Xorazm viloyatlarida, shuningdek Toshkent shahrida qayd etildi, bu hududlarda o‘sish surʼatlari o‘rtacha 33%ni tashkil qildi.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i tushumlari 15,2%ga, mol-mulk solig‘i 10,7%ga, yer solig‘i esa 33,8%ga oshdi.
Bojxona to‘lovlari 19,5%ga oshdi. Eng yuqori o‘sish surʼatlari Navoiy viloyatida - 77,6%, Namangan viloyatida esa - 64,2%ni tashkil etdi.
Farg‘ona va Samarqand viloyatlarida, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham barqaror ijobiy dinamika qayd etildi, bu hududlarda tushumlar o‘rtacha 32%ga oshdi.
Tashqi iqtisodiy ko‘rsatkichlar tahlili yakunlariga ko‘ra, tovarlar eksporti 30%ga oshdi. Eng yuqori o‘sish surʼatlari Navoiy viloyatida 71,4%, Toshkent viloyatida esa 52,4%ni tashkil etdi. Samarqand (30,6%ga), Namangan (29,3%ga) va Buxoro (27,2%ga) viloyatlarida ham o‘sish qayd etildi.
Shu bilan birga, kreditlash hajmida ham sezilarli o‘sish qayd etildi. Ko‘rib chiqilgan davrda tijorat banklari tomonidan ajratilgan kreditlar hajmi 9,1%ga oshdi. Eng yuqori o‘sish Samarqand viloyatida 69,5%ni tashkil etdi. Buxoro, Xorazm, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida esa kreditlashda o‘sish surʼatlari o‘rtacha 43%dan yuqori bo‘ldi.
Xususiy sektorning faol rivojlanishi yangi xo‘jalik yurituvchi subyektlar sonining sezilarli oshishi bilan tasdiqlanmoqda. Joriy yil mart oyida 22 443 ta yangi korxona ro‘yxatdan o‘tkazildi. Eng ko‘p yangi subyektlar Toshkent viloyatida (2 276 ta), Xorazm viloyatida (2 035 ta), Samarqand viloyatida (1 854 ta), Farg‘ona viloyatida (1 626 ta) va Toshkent shahrida (4 759 ta) ro‘yxatdan o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi bitimlar hajmi 20,8%ga oshdi. Birja faolligining eng yuqori o‘sishi Sirdaryo viloyatida qayd etildi, bu yerda faollik 68,4%ga oshdi. Shuningdek, Sirdaryo, Buxoro, Navoiy, Namangan, Surxondaryo viloyatlari va Toshkent shahrida ham o‘sish kuzatilib, o‘rtacha 33%ni tashkil etdi.
Sultonmurod Ozodov,
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
O'xshash yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi
Assalomu alaykum, qadrli vatandoshlar! Hurmatli mehmonlar!
Oʼzbekiston va Serbiya: mehnat mobilligidan inson kapitali sohasidagi strategik sheriklik sari
Serbiya iqtisodiyoti rivojlanib, ayrim tarmoqlarda malakali kadrlarga ehtiyoj ortib borayotgan bir paytda, Oʼzbekiston bilan shakllanayotgan yangi hamkorlik modeli bu ehtiyojni qonuniy, tartibli va ikki davlat institutlari nazoratida taʼminlash imkonini berishi mumkin.
Qoraqalpog‘iston va Xorazmning turizm salohiyati muhokama qilindi
2026-yil 25-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mirvohid Azimov raisligida olimlar, tarixchilar va turizm sohasi ekspertlari ishtirokida Qoraqalpog‘iston va Xorazmning turizm salohiyatini yanada rivojlantirishga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.